Shoshilmang! Yoʻl harakati qoidalariga rioya qiling!
Yoʻlda yurganingizda xavfsiz yoʻlni tanlash va yoʻlning xavf tugʻdiruvchii qismlari haqida birinchi navbatda nimani bilishingiz kerak?
Koʻchaga chiqayotganda, transportdan foydalanganda odamlar koʻpincha xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaydilar. Ushbu qoidalarning asosiy maqsadi insonlar hayotini himoya qilishdir.
Piyoda sifatida siz quyidagilarni yodda tutishingiz kerak:
- yoʻllardagi eng xavfli joylar bu chorrahalar, yuqori tezlikda harakat qilinadigan yoʻl qismlari, koʻrish cheklangan zonalar, muz bilan qoʻplangan yoʻl sathidir;
- mashinalar sizga koʻrinmasa ham, qizil chiroqda koʻchani kesib oʻtmang;
- yoʻlni kesib oʻtishda har ikki tomonga qarang: avval chapga, keyin esa oʻngga;
- piyodalar yoʻlagidan yoʻlning qatnov qismiga faqat sekin qadam bosib chiqishingiz mumkin, yugurib ketmang;
- toʻsiqlar (masalan, yoʻl chetida turgan transport vositasi) ortidan yoʻlga yugurib chiqmang. Kutilmaganda paydo boʻlganingizda haydovchi tormozlanishga ulgurmaydi;
- faqat piyodalar yoʻlakchasidan yuring, agar trotuarlar boʻlmasa va yoʻl chetidan yurishingizga toʻgʻri kelsa, yoʻlning mashinalar sizga qarab kelayotgan tomonini tanlang;
- hech qachon haydovchining e’tiborli boʻlishiga umid qilmang, faqat oʻzingizga tayaning;
- ota-ona kuzatuvisiz ketayotgan boʻlsangiz, eng yaxshisi bir guruh piyodalar bilan birga koʻchani kesib oʻting.
Piyodaning asosiy qoidasini unutmang — xavfni oldindan koʻra bilishingiz va iloji boʻlsa, undan qochishingiz kerak.
Koʻchada va yoʻllarda oʻzingizni qanday tutishingiz lozim?
- Piyoda sifatida sizga piyodalar yoʻlaklarida, ular mavjud boʻlmagan joylarda esa, yoʻl chetida yoki velosiped yoʻlagida yurishga ruxsat beriladi.
- Yoʻlning qatnov qismiga yurib yoki yugurib chiqmang, harakatga xalaqit bermang.
- Rolikli konkilarda, skeytbordda, changʻida faqat toʻsiq bor joylarda uching. Yoʻlga chiqib ketmang.
- Agar koʻchani yoki yoʻlni kesib oʻtishingiz kerak boʻlsa, velosipeddan tushing va uni yetaklab oling, skeytbordni esa qoʻlingizda koʻtarib oling.