Светофор.png

Svetofor nima?

Svetofor nima? U nima uchun kerak? Ranglari nimani bildiradi?

Svetofor – (ruscha “nur” va yunoncha Thorός - “tashuvchi” ma'nolarini anglatadi) odamlar, velosipedlar, avtomashinalar va boshqa yoʻl harakati qatnashchilari, temir yoʻl va metro poyezdlari, daryo va dengiz kemalarining harakatini tartibga solish uchun moʻljallangan moslama.

Keling, avvaliga hammaga tanish boʻlgan uch rangli svetoforning qizil, sariq va yashil ranglari ma’nosi bilan tanishamiz.

Qizil rang quyosh porlab turganda, yomgʻir va qor yogʻayotganda yoki tuman tushganda, ya’ni har qanday ob-havo sharoitida juda aniq koʻrinadi. Butun dunyoda qizil rangning ma’nosi bir xil –TOʻXTA ma’nosidagi xavfni bildiruvchi rangdir.

Sariq – diqqat qiling! Svetoforning sariq rangi oraliqdir. U ogohlantirish vazifasini bajaradi va yoʻldan foydalanuvchilarni e’tibor berishga undaydi. Sariq rangni aql, sezgi va ziyraklikning ramziy ma’nosi deyishadi. Odatda qizil rangdan keyin yonadi va haydovchilarni harakatga tayyorlanishga chorlaydi.

Amaliyotdan bilinadiki, koʻplab haydovchilar sariq svetoforni ruxsat beruvchi signal sifatida qabul qilishadi va haydashni boshlashadi. BU NOTOʻGʻRI !!! Sariq chiroq yonib turishi har qanday harakatni taqiqlaydi va haydovchilar uchun “tayyor boʻling, lekin harakatni boshlash uchun yashil chiroqni kuting” degan ma’noni bildiradi.

Svetoforning yana bir signali yashil rangda. Bu xotirjamlik, tinchlantirish rangidir. Yashil rang harakatga ruxsat beradi. Har qanday haydovchi bu rangni svetofordan oʻtishdan ancha avval? uzoqdan payqaydi va tinchgina, tormozni bosmasdan chorrahadan xavfsiz oʻtadi. Svetofor teskari tartibda (yashil, sariq, qizil) ishlamaydi. Zamonaviy qurilmalarda yashil rangdan keyin qizil darhol yonadi, soʻnggi daqiqalarda esa yashil chiroq yonib-oʻchib turadi.

Oldingi Keyingi