Машина.png

Transport vositasi evolyutsiyasi. 1-qism

Transport vositasi nima? Transport vositasi bu tovarlar yoki odamlarni tashish uchun moʻljallangan texnik qurilma. Zamonaviy transport vositalari biz bilgan darajaga yetguncha uzoq yoʻllik rivojlanishni bosib oʻtdi.

Agar insoniyatning eng qadimgi ixtirosi nima deb soʻralsa, hamma gʻildirakni aytsa kerak. Inson atrofni asosan tekis chiziqli harakatlar bilan koʻradi. Shu sababli oʻz oʻqi atrofida aylanuvchi doirasimon uskuna boʻlmish gʻildirakni yaratish gʻoyasi katta zukkolikni talab qilgan.

Qadim zamonlardan beri odamlar yukni tashib kelishgan. Keyin esa, silliq obyektni sudrab borish osonroq ekani tezda aniqlangan. Shunday qilib, chana paydo boʻldi. Kimdir uning ostiga aylanuvchi xodalarni qoʻyishni oʻylab topdi. Agar xodaning chetlariga nisbatan oʻrtasini yondirib yupqalashtirilsa, uning ustida yuk yanada yaxshi sirgʻalishi aniqlandi.

Oʻrta qismi tobora ingichkalashib borgan xoda ikki cheti katta gildirak va oʻrtasi gʻildiraklarni birlashtiruvchi yupqa asos qismga aylandi. Bu eng birinchi gʻildirak edi! Nihoyat, noma’lum daho gʻupchakni ixtiro qildi va unga oʻqni oʻrnatdi. Platformani mahkamlashgina qoldi va arava deyarli tayyor edi.

Oldingi Keyingi