Машина.png

Transport vositasitalari evolyutsiyasi. 2-qism

Transport vositasitalarining birinchi turi otlar va hoʻkizlar boʻlib, ular koʻpincha yurishga moslashmagan, loyqa yoʻllar boʻylab yuk tashigan. Savdo rivojlangani sari, odamlar ish faolligini oshirish uchun yoʻllarni tekislab, kengaytira boshlaganlar.

Miloddan avvalgi III ming yillikning oʻrtalarida yogʻoch gʻildirakni teriga oʻrab foydalanilgan boʻlsa, miloddan avvalgi 2000-yilga kelib yerga yaxshiroq yopishishi uchun gʻildiraklar chetiga mis mixlarni uchini tashqariga qarata qadab qoʻya boshladilar. Taxminan bir vaqtning oʻzida odamlar otni oʻzlashtirdilar va ot aravalarni urush aravalari va hukmdor aravalari sifatida ishlatib, xoʻjalik uchun hoʻkiz qoʻshilgan ikki oʻqli aravalarga ajratdilar.

“Kolo” va “roto” (ya’ni gʻildirak) soʻzlari hind-yevropa tilidan kelib chiqqan boʻlib, uning ildizi german, slavyan, roman, eron tillarining umumlashmasidir. Demak, gʻildiraklar miloddan avvalgi 3-ming yillikda hind-ariylar vatani boʻlmish Turkiyaning sharqi va Shimoliy Iroqda migratsiya jarayonida paydo boʻlganligini anglatadi.

Yevropada gʻildirakning keyingi rivojlanishi deyarli faqat kelt qabilalari bilan bogʻliq. Miloddan avvalgi 1500-yillar atrofida ular aylanani metall bilan oʻraganlar va bir necha asr oʻtgach, Troyan urushi paytida arava deyarli butunlay metalldan yasalgan. Gomer qahramonlari ana shunday aravada urushga borgan.

Uch ming yillik aylanishi davomida gʻildirak deyarli butun Eski Dunyo hayotini oʻzgartirib yubordi. Ammo Afrika, Sahroi Kabir janubi, Janubi-Sharqiy Osiyo va aniq sabablarga koʻra Avstraliya hududlariga yetib borolmadi. Amerikaga suzib borgan ispanlar inklarning gʻildirakni bilmasligidan hayratda qolishdi. Yangi dunyoda lamalardan tashqari hech qanday chorva mollari yoʻq edi va inklaring oʻzlari yogʻoch xodalardan yasalgan yoʻlda harakatlanganlar. Azteklar esa gʻildiraklardan faqat oʻyinchoqlarda foydalanganlar.

Koʻpgina yangiliklarga qaramay, gʻildirakning mohiyati oʻtgan ming yilliklar davomida oʻzgarmadi: u hamon aylanadigan diskligicha qolmoqda.

Biroq, yaqin kelajakda gʻildirakni juda muhim oʻzgarishlar kutishi mumkin: bir kompaniya oʻzining yangi konsepsiyasini taqdim etdi. Unda birgina gʻildirakning oʻzi tormoz va avtomobilning rul boshqaruviga ega. Kompa xodimlarining ishonchi komilki, kelajakda avtomobil ishlab chiqaruvchilarga kuzov yasash va unga gʻildiraklar oʻrnatishning oʻzi yetarli – natija tayyor mashina.

Oldingi Keyingi