Velosiped qarshisidan yoʻlni kesib oʻtmang
Velosipedchining oʻrtacha tezligi soatiga 15-20 kilometrni tashkil qiladi, lekin tezlik 30, 40 va hatto 50 km / soatga yetishi mumkin va buni bemalol avtomobil tezligi bilan ham solishtirish mumkin. Hech qaysi velosipedni bir zumda toʻxtatib boʻlmaydi: velosiped va uni haydovchi shaxsning umumiy ogʻirligi 100 kg dan oshishi mumkin!
Tasavvur qiling-a, oʻtkir detallarga ega boʻlgan katta metall buyumdagi shaxs sizga shunday tezlikda “uchib kelsa” nima boʻladi?. Bu juda xavfli va piyodada jiddiy jarohat olish ehtimoli yuqori, chunki velosipedchining hech boʻlmaganda boshi dubulgʻa bilan himoyalangan boʻladi. Shu bois bunday vaziyat yuz bermasligi faqatgina sizning foydangiz uchundir.