Велосипед.png

Velosipedchining tili

Boshqa yoʻl harakati qatnashchilari velosipedchi harakatidan ogohlantirilishi uchun, velosipedchi maxsus signallarni eslab qolishi kerak:

  • yonga choʻzilgan chap qoʻl chapga burilishni anglatadi;
  • chap qoʻl tirsak boʻgʻimida egilib, yuqoriga yoʻnaltirilgan boʻlsa — oʻngga burilish;
  • tushirilgan chap qoʻl — toʻxtash.

Xavfsiz velosiped haydashda bolalar uchun muhim ehtiyot choralari:

  • haydash paytida naushniklar orqali musiqa tinglashingiz va telefonda gaplashishingiz mumkin emas;
  • atrofdagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib boring: transport va piyodalar harakatlari, yoʻliqish mumkin boʻlgan toʻsiqlar;
  • tezlik, velosiped haydash tajribasi va yoʻl sathining sifatini doimo e’tiborga oling;
  • tezlikni keskin pasaytirishga qodir va tayyor boʻling. Bu, ayniqsa, bola yoki oʻsmir bolalar velosipedini haydashni yahshi bilmagan vaziyatda muhim boʻladi.
Oldingi Keyingi