Velosipedni xavfsiz haydash haqida ma'lumot
14 yoshdan boshlab bola yoʻl harakati qatnashchisi boʻlish huquqiga ega.
Bola quyidagi yoʻl harakati qoidalariga rioya qilishi va yoʻlda koʻrsatilgan belgilar boʻyicha harakatlanishi juda muhim:
- yoʻlda velosipedchilar uchun ajratilgan joy boʻlsa (veloyoʻlakcha), velosipedchi shu yoʻlak boʻylab harakatlanishi kerak;
- oldinda harakatlanayotgan obyektlarga nisbatan masofani saqlashni yodda tutishi lozim;
- jamoa boʻlib haydash zanjir shaklida, ketma-ket tizilgan holda amalga oshiriladi
- velosipedchi toʻxtab turgan transportga e’tiborli boʻlishi kerak (eshiklarning toʻsatdan ochilishi, keskin qoʻzgʻalish kabi holatlarga);
- odamlar piyoda harakatlanadigan hududda velosipeddan tushib uni yetaklab yurishi kerak.
Velosipedchilarning harakat paytidagi va oʻzining manevrlaridan boshqa yoʻl harakati qatnashchilarini ogohlantiruvchi imo-ishoralari haqida keyingi maqolada oʻqing.