Velosipedni xavsiz haydash haqida
Velosiped bolalikdan barchamizga yaxshi tanish boʻlgan doʻstdir. Agar siz uni toʻgʻri haydashni bilsangiz, marhamat - oʻtiring va haydang!
Faqat shuni esda tutish kerakki, velosiped, birinchi navbatda, transport vositasi boʻlib, undan foydalanganda uni boshqarish va harakatlanish qoidalariga rioya qilish kerak. E’tiborsizlik va qoidalarni bilmaslik shikastlanishga yoki undan ham qaygʻuliroq oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Bolajonlar ikki yoshdan boshlab uch gʻildirakli bolalar velosipedlarini va muvozanat velosipedlarini oʻzlashtira boshlaydilar. Toʻrt yoshdan keyin bola ikki gʻildirakli transport vositasiga oʻtirishi mumkin. Velosiped haydash xavfsiz joylarda (maydonlar, bogʻlar, yoʻlaklar) va kattalarning qat’iy nazorati ostida amalga oshirilishi kerak. Keyinchalik, kattalar velosiped sayrlarida bolaga hamrohlik qilishni toʻxtatadigan vaqt keladi.
Velosipedda mustaqil sayr qilishdan oldin, bola xavfsiz haydashning barcha qoidalariga intuitiv darajada rioya qilishi va bolalar velosipedini boshqarishda yetarli mahoratga ega boʻlishi muhimdir.
Xavfsiz velosiped haydash boʻyicha ilk ma’lumotlar
Bola yoshligidanoq yoʻl harakati qoidalari haqida dastlabki bilimga ega boʻlishi kerak:
- harakatlanuvchi obyektlarni (odamlar, hayvonlar, yoʻl harakatining boshqa ishtirokchilarini) aylanib oʻtishi;
- yoʻlda harakatsiz toʻsiqlardan (daraxtlar, oʻrindiqlar va boshqa toʻsiqlar) aylanib oʻtganda va burilish paytida harakatni sekinlashtirishi;
- transport qatnov qismi tomon haydamaslik;
- chuqurliklar, koʻlmaklar, kanalizatsiya qopqoqlarini aylanib oʻtishi;
- yoʻlni faqat kattalar hamrohligida va velosipeddan tushgan holda kesib oʻtishi.
Bu masalahat va qoidalar tajribalar asosida yozilgan. Ularga amal qilish xavfsizlikni toʻliq kafolatlamaydi, lekin koʻngilsiz hodisalarni sezilarli ravishda kamaytiradi.