Машина.png

Yoʻl-transport hodisalarining eng koʻp uchraydigan sabablari

  1. Piyodaning belgilanmagan joyda yaqin kelayotgan avtoulov qarshisidan chiqishi.

Yo‘lni kesib o‘tishdan oldin to‘xtash, uning har ikki tomonini ehtiyotkorlik bilan tekshirish, chap va o‘ng tomondagi harakatlarni diqqat bilan kuzatishni afsuski juda kamchilik odat qilgan.

  1. Avtobus, trolleybus yoki boshqa toʻsiq tufayli yoʻl qismiga chiqish.

Ba’zi piyoda yolovchilar piyodalar oʻtish joyidan yo‘lni kesib o‘tmasdan, butalar, avtobus va boshqa to‘siqlar ortidan asosiy harakat yo‘liga chiqib keladilar.

  1. Yo‘lda o‘yin o‘ynash

Bolalar ko‘cha bo‘sh bo‘lsa o‘ynayverishga odatlanib qolganlar. Bolalarga qayerda o‘ynash mumkin va qayerda o‘ynash xavfli ekanini tushuntirish kerak.

Keling, piyodalarning yo‘ldan o‘tishdagi beshta asosiy qoidalarini takrorlaymiz.

  1. Yo‘lning qatnov qismini belgilangan joylardan kesib o‘ting: piyodalar o‘tish joyida yoki piyodalar yo‘laklari chizig‘i bo‘ylab chorrahadan, svetofor yoki ishora qiluvchi patrul bo’lsa, faqat ruxsat beruvchi signal yoki ishora bilan o‘ting.
  2. O‘tishni boshlashdan oldin, yo‘lakda to‘xtab, avval chapga, keyin o‘ngga qarang, yaqinlashib kelayotgan transport vositalarigacha bo‘lgan masofani, ularning tezligini hisoblang, o‘tish xavfsiz bo‘lishiga ishonch hosil qiling.
  3. Yo‘lni kesib o‘tayotganda, yo‘lda vaziyatni diqqat bilan kuzatib boring.
  4. Yo‘lning qatnov qismini faqat har ikki yo‘nalishda aniq ko‘rinadigan joydan kesib o‘ting. Yo‘lning ko‘rinishini cheklaydigan narsalar tufayli yo‘l qismiga kirmang.
  5. Koʻk rangli miltillovchi mayoq va maxsus ovozli signal o‘rnatilgan transport vositalariga yaqinlashganda qatnov qismini kesib o‘tishdan tiyilish, undagilar esa ushbu transport vositalariga yo‘l berib, zudlik bilan qatnov qismini bo‘shatishlari kerak.

Eslab qoling! Yo‘l harakati xavfsizligi ko‘p jihatdan sizga bog‘liq!

Oldingi Keyingi