Yomgʻirda velosipedni haydash mumkinmi?
Namlik velotransportning texnik holatini yomonlashtiradi va qismlarining ishlash muddatini qisqartiradi, shuning uchun yomgʻirda uni haydamagan ma’qul.
Shunga qaramay yomgʻirda velosiped haydashga qaror qilsangiz ma’lum jihatlarni hisobga oling:
- gʻildiraklar yoʻl sathida sirpanadi;
- tormozlar ancha yomon ishlaydi, bu esa toʻxtash masofasini uzaytiradi;
- tevarak atrofni koʻrish qiyinlashadi;
- burilish faqat minimal tezlikda amalga oshiriladi.
Qorongʻida va atrofni koʻrish qiyinlashganda velosiped haydalsa:
- har doim old tomonda faralar, orqada esa chiroq yonib turishi kerak;
- toza va yahshi mahkamlangan yorugʻlik reflektorlari boʻlishi kerak;
- yorugʻlik reflektorlari bilan jihozlangan och rangli kiyim kiyilishi kerak.
Velosipedchining boshqa yoʻl harakati qatnashchilariga koʻrinib turishi juda muhimdir.
Yuqoridagi holatlar yoʻl-transport hodisalarini sezilarli darajada oldini oladi.