Велосипед.png

Yosh velosipedchi kiyimi

Muhim! Velosiped haydaganda xavfsizlikni ta’minlovchi kiyimlarni kiyish lozim (rulga, zanjirga va hokazolarga ilinib qolmaydigan kiyimlar). Buning uchun sport yoki maxsus kiyimlardan foydalangan ma’qul:

  • kiyimda albatta yorugʻlikni qaytaruvchi chiziqlar boʻlishi kerak;
  • minimal zaruriy himoya — himoya koʻzoynaklari va ishonchli bosh kiyim (shlem, dubulgʻa) boʻlib, u jiddiy yiqilishdan keyin almashtirilishi kerak (hatto tashqi yaxlitligi buzilmagan boʻlsa ham, chunki uning ichki tuzilishi buzilishi mumkin).

Velosipedni haydashdan oldin, quyidagilarni hisobga oling

Transport vositasining harakatga tayyorligini tekshirish bolaning velosipedda xavfsiz harakatlanishi qoidalaridan biridir. Yoʻlga chiqishdan oldin siz velosipedning texnik holatini, unga oshiqcha yuk ortilmaganini va quyidagi buzilish alomatlari bor yoʻqligini tekshirishingiz kerak:

— yoriqlar;

— deformatsiyalar;

— ezilgan joylar;

— tirnalishlar;

— boʻyoqlarning koʻchishi.

Yoʻlga chiqishdan oldin quyidagilarni tekshirish kerak:

— rul va faralarning xizmatga yaroqliligi;

— ovozli signal va tormozning ishlashi;

— reflektorlarning mavjudligi va tozaligi;

— shinalardagi bosim;

— gʻildiraklarning qiyshaymaganligi;

— spitsalar va zanjirning toʻgri tortilganligi;

— orqani koʻrsatuvchi oynaning mavjudligi va sozligi;

— oʻrindiqning balandligi velosipedchining boʻyiga toʻgʻri kelishi: pedallar pastga tushib turgan holatida velosipedchi oyogʻi biroz egilib turishi kerak.

Bu oddiy qoidalarning barchasi hayotiy ahamiyatga ega va ularni tekshirishni avtomatlashgan darajaga aylantirish kerak. Shuni yodda tutish kerakki, faqat xavfsizlik sayohatdan chinakam zavq olishga imkon beradi.

Oldingi Keyingi