Проросток.png

Ekologik madaniyat qanday shakllanadi?

Ekologik madaniyat haqida turli manbalarda, internet sahifalarda turlicha tushunchalar, ta’riflar bor. Kimdir uni atrof-muhitga do‘stona munosabat deb qarasa, kimdir tabiatni asrashni tushunadi.

Sodda qilib aytganda, ekologik madaniyat ongli ravishda atrofimizni o‘rab turgan barcha muhitga nisbatan bizning ijobiy munosabatimiz, ya’ni tabiat va atrof-muhitni asrashni oilada, mahallada, maktabda va jamoalarda shakllanib boradigan qadriyatlarimizdir.

Dunyoning qaysi qit’asida yashamang, ekologiyaga munosabat, uni asrab avaylash doim dolzarb. Muhimi undan faqat yaxshilik yo‘lida foydalanish bizni diqqatimizda bo‘lishi kerak. Siz ham maktabda, kollejda sinfdoshlaringiz bilan ekologiyani himoyalashga intiling.

Eng avvalo, bu tushuncha oila tarbiyasida shakllanadi, ota-onalarimiz buni bizga oʻz misollarida o‘rgatib boradi.

Keyinchalik, maktabga chiqqanimizda biologiya, geografiya, kimyo, fizika kabi fanlar tarkibida atrof-muhit muxofazasi, uni asrab avaylash bo‘yicha bilimlarimiz boyitib boriladi.

Ekologik madaniyat – bu barchamizda ongli ravishda shakllanib boradigan tuyg‘u, va biz uni hayotimiz davomida amaliy harakatlarimiz bilan rivojlantirib borishimiz lozim.

Keyingi