29

"Iflos/ifloslangan havo" nimani anglatadi va nima uchun xavfli?

O‘zbekistonda havoning ifloslanish darajasi ba’zan me’yordan bir necha barobar oshib ketishini eshitgan bo‘lsangiz kerak. Ammo bu nimani anglatadi?

Havoda mayda zarrachalar bor - chang, chiqindi gazlar, turli zavodlardan chiqayotgan tutunlar. Bu zarrachalar shunchalik kichikki, ularni ko‘rib bo‘lmaydi, lekin ular o‘pkamizga, ba’zilari esa hatto qonimizga ham kirishi mumkin! Ayniqsa, PM2.5 zarralari xavfli - ular inson sochidan 30 baravar ingichka. Saytlarda ifloslanish darajasi "me’yordan 19 barobar yuqori" degan ma’lumotni ko‘rsangiz, bu zararli zarrachalar haddan tashqari ko‘pligini va bunday havodan nafas olish sog‘liq uchun zararli ekanligini anglatadi.

Havo sifati haqidagi ma’lumotlarni qanday tushunish mumkin?

Maxsus AQI (Air Quality Index) shkalasi - havo sifati indeksi mavjud. U havoning qanchalik xavfsizligini ko‘rsatadi:

🟢 0–50 – havo toza, bemalol sayr qilish mumkin.

🟡 51–100 – ideal emas, lekin maqbul.

🟠 101–150 – allergiya va surunkali nafas yo‘llari kasalliklari (astma va h.k.) bilan og‘rigan kishilar uchun og‘ir.

🔴 151–200 - barcha odamlar uchun zararli, ko‘chada kamroq yurgan ma’qul.

🟣 201+ - juda xavfli, choralar ko‘rish kerak (tashqarida bo‘lishni cheklash yoki undan qochish, uyda havo tozalash vositalarini yoqish va shamollatmaslik kerak).

Bugun havo qanday ekanligini qayerdan bilsam bo‘ladi?

Havo sifatini tekshirish uchun siz quyidagilarni ishlatishingiz mumkin:

📱 Saytlar va ilovalar:

🔍 Shaharingizni kiriting va real vaqtda ma’lumotlarni oling.

Agar AQI yuqori ekanligini korsangiz, bu o‘zingizni himoya qilish uchun harakat qilishingiz kerakligini anglatadi. Keyingi maqolada havo ifloslanganda nima qilish kerakligini aytamiz!

Average Rating: (0 reviews)

Leave Your Feedback

Recent Reviews

Oldingi Keyingi