Планета.png

Iqlim oʻzgarishining insoniyatga ta’siri

Iqlim muayyan joydagi ob-havoning koʻplab yillar davom etgan oʻrtacha koʻrsatkichidir. Iqlim oʻzgarishi esa ana shu oʻrtacha koʻrsatgichlardagi oʻzgarishlarni bildiradi. Yer global harorat koʻtarilishi tufayli hozirda keskin iqlim oʻzgarishlarini boshdan kechirmoqda: issiqlik toʻlqinlari, kuchli shamollar, qurgʻoqchilik, suv toshqinlari va yongʻinlar yanada koʻproq sodir boʻla boshladi, muzliklar erishi yanada kuchaydi.

Iqlim oʻzgarishining asosiy sababi nimada?

Mutaxassislarning fikricha, iqlim oʻzgarishiga ta’sir qiluvchi asosiy omil yer yuzasida quyosh issiqligining toʻplanishi va turgʻunligi boʻlgan issiqxona effektidir. Yer atmosfera orqali quyosh nurlarini kosmosga qaytaradi. Ushbu nurlarning bir qismi kosmosga borish oʻrniga turli gazlar tomonidan soʻriladi. Bu yerning isishi va iqlimga ta’sir qiluvchi issiqxona qatlami hosil boʻlishiga olib keladi.

Natijada, kun davomida maksimal va minimal harorat oʻrtasidagi farq kamayadi.

Iqlim oʻzgarishining Oʻzbekiston uchun salbiy oqibatlari:

  • haroratning koʻtarilishi suv resurslarini kamaytiradi;
  • ekologik inqiroz tufayli yil davomida yogʻinsiz kunlar soni ortib boradi;
  • tuproqning namligi kamayishi hisobiga takroriy qurgʻoqchilik xavfi ortadi va hosildorlik koʻrsatkichlari tushib ketadi;
  • Orol dengiziga quyiladigan suv hajmining kamayishi daryo deltasining choʻlga aylanishini va qurigan dengiz tubida yangi choʻl maydonlari paydo boʻlishini tezlashtiradi;
  • atmosferada changlanish miqdori ortadi;
  • abnormal ob-havo oʻzgarishi qishloq xoʻjaligi ekinlariga zarar yetkazadi.

Mutaxassislar iqlim oʻzgarishini oldini olish boʻyicha bir qator choralarni taklif etmoqda:

  • qayta tiklanadigan energetikaga oʻtish (quyosh, shamol energiyasi va boshqalar);
  • energiya tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni qoʻllash;
  • koʻkalamzorlashtirish, daraxtzorlarni koʻpaytirish;
  • ekologik toza qishloq xoʻjaligiga oʻtish;
  • tuproq tarkibidagi organik moddalarni saqlab qolish (chunki ularning yoʻqolishi toʻgʻridan toʻgʻri issiqxona effektiga hissa qoʻshadi);
  • ekologik toza boʻlga transport turlariga oʻtish.
Oldingi Keyingi