Jinsilar sayyoraga zarar yetkazishini bilarmidingiz?
Sevimli jinsi shimlaringizni ishlab chiqarish uchun qancha resurslar sarflanishini hech o‘ylab ko‘rganmisiz? Misol uchun, bir juftlik uchun taxminan 7500 litr suv kerak bo‘ladi - bu odam 10 yilda ichadigan suv miqdoridan ko‘p! 😱
Lekin bu hali hammasi emas. Jinsilar yumshoq bo‘lishi, modaga xos rangi o‘chgan yoki eskirgan ko‘rinishga ega bo‘lishi uchun ularga kimyoviy ishlov beriladi. Bu kimyoviy moddalar ko‘pincha daryolarga tushib, suvni ifloslantiradi, baliqlarni o‘ldiradi va ekotizimga zarar yetkazadi. Bundan tashqari, fabrikalarda ko‘p miqdorda karbonat angidrid (CO2) ajralib chiqadi, bu ham iqlim o‘zgarishini tezlashtirishga o‘z hissasini qo‘shadi.
Jinslar tashlab yuborilgandan keyin nima bo‘ladi? Eski kiyimlarning aksariyati axlatxonalarga tashlanadi, u yerda o‘nlab yillar davomida chirib ketadi. Sintetik to‘qimalardan tayyorlangan narsalar mikroplastiklarni ajratadi, ular suvga, havoga va hatto hayvonlar va odamlar tanasiga kiradi.
Nima qilish mumkin? 💡
✔ Kamroq, lekin sifatlirog‘ini xarid qiling - buyumlaringizni asrang, uzoqroq kiying.
✔ Bizda shunaqasi bormi? Bizda second hand? Agar bo‘lsa, jinsini u yerda qoldirishingiz mumkin
✔ Eski jinsilarni tashlab yubormang - ulardan shortik, sumka yoki hatto zamonaviy nimcha yasashingiz mumkin.
✔ Kamroq va past haroratda yuving - bu suv, energiyani tejaydi va matoning xizmat muddatini uzaytiradi.
✔ Organik paxtadan tikilgan kiyimlarni tanlang - uni ishlab chiqarish tabiatga kamroq zarar yetkazadi.
Balki garderobingizni qayta ko‘rib chiqib, uni yanada ekologik toza qilish vaqti kelgandir? 😉♻
Average Rating: ☆ ☆ ☆ ☆ ☆ (0 reviews)