Ekologik chellenj: uglerod izingizni qanday kamaytirish mumkin?
Tasavvur qiling, sizni noodatiy chellenjda ishtirok etishga taklif qilishdi. Sizni vazifangiz - tabiatda qoldirayotgan ko‘rinmas izingni iloji boricha kichraytirish. Bu iz uglerod izi deb ataladi va uni ba’zi odatlarni o‘zgartirish orqali kamaytirish mumkin!
✅ Ovqatdan boshlang. Go'sht issiqxona gazlarining asosiy manbalaridan biridir. Uni ishlab chiqarish katta miqdorda suv va energiya sarflashni talab qiladi. Siz undan butunlay voz kechishingiz shart emas, lekin haftada kamida bir kun vegetarian bo‘lishingiz - bu katta hissadir.
✅ Transport haqida o‘ylang. Siz ko‘proq piyoda yurishingiz, velosiped haydashingiz yoki mashina va samolyotlar o‘rniga avtobus va poyezdlardan foydalanishingiz mumkin. Bir marta samolyotda parvoz qilish atmosferaga oilangiz bir necha oy ichida CO₂ chiqarishi bilan barabar CO₂ chiqarishini bilasizmi?
✅ Kamroq chiqindi - kamroq zarar. Ko‘p marta ishlatish mumkin bo‘lgan narsalarni sotib oling: shishalar, sumkalar, idishlar. Qayta ishlash ham chiqindilarni kamaytirishga yordam beradi, shuning uchun chiqindilarni saralashdan erinmang.
✅ Energiya sarfini kamaytiring. Xonadan chiqayotganingizda chiroqlarni o‘chiring, energiya tejovhci lampalarni tanlang va quvvatlagichlarni rozetkada bekor qoldirmang. Kichik qadamlar ham katta farq qiladi!
Bir hafta davomida harakatlaringizni kuzatib boring va qayerda biror narsani o‘zgartirishingiz mumkinligini belgilang. Siz uglerod izingizni kamaytirishingiz mumkin. Ushbu chaqirishni qabul qiling va do‘stlaringizga ham ayting! 🌍💚
Average Rating: ☆ ☆ ☆ ☆ ☆ (0 reviews)