Знак переработки.png

Ongli iste’mol. Buyumlarga ikkinchi hayotni qanday berish kerak?

Insoniyat Yer sayyorasi ta’minlay oladigan va tiklaydigan tabiiy resurslardan 50% koʻproq miqdorini iste’mol qiladi. Agar bu shunday davom etaversa, kelajakda barcha ehtiyojlarni qondirish uchun bizga bir necha sayyoralar kerak boʻladi. Muammo shundaki, insoniyatning hayot bor boʻlgan bitta ham zahiradagi sayyorasi yoʻq. Shu sababli mashhur kompaniyalar oʻz yoʻnalishini “barqaror moda” tomon burgan.

Ushbu e’tiqod ostida faoliyat yurituvchi brendlar resurslarni asrab ishlatgan holda, atrof muhit uchun minimal zarar yetadigan tarzda buyum ishlab chiqarishga intiladi. Masalan, ular qayta ishlangan materiallarni yoki tabiiy matolarni, masalan, organik paxta, zigʻir va bambuk tolali matolarni tanlaydi.

Axlatga tashlangan kiyim-kechak, poyafzal va aksessuarlar chiqindi maydonlariga borib tushadi va bu yerda ular ikki yoʻlda ketishi mumkin: yoki ular uzoq vaqt davomida yotib, parchalanadi, yoki yondiriladi. Ikkala usul ham tabiatga zarar keltiradi. Buning oʻrniga, buyumlarga ikkinchi hayotga ega boʻlish imkoniyatini berish kerak. Agar ulardan zerikkan boʻlsangiz, ularni doʻstlaringiz yoki qarindoshlaringizga berishingiz, onlayn sotishingiz yoki muhtojlar uchun yordam markazlariga olib borishingiz mumkin.

Umuman eskirgan kiyimlarni qayta ishlash uchun maxsus ikkilamchi xom ashyoni yigʻish xizmatlariga yoki ommaviy bozor doʻkonlariga topshirish mumkin. Bunda ular uchun yana ikkita yoʻl boʻladi. Birinchisi — qurilish materiali, tozalovchi lattalar, shovqin izolyatsiyasi yoki sharikli ruchka kabi mahsulotlarga aylanish, ikkinchisi — yangi futbolka yoki paltoga aylanish va yana doʻkon tokchalarida paydo boʻlish kabi imkoniyatlar.

Nihoyat tez oʻtib ketadigan modaning oʻrniga ongli iste’mol qilish payti keldi. Uning tarafdorlari sifatli materiallardan faqat kerakli narsalarni sotib olishni taklif qiladilar. Kelajakda bu hayot sifatini sezilarli darajada yaxshilaydi. Hozirda dogʻ tushmaydigan va hatto yuvishni talab qilmaydigan buyumlarni ishlab chiqish jarayonlari amalga oshirilayapti. Ongli ravishda iste’mol qilishga harakat qiling, narsalaringiz ikkinchi hayotga ega boʻlishi uchun imkoniyat bering.

Oldingi Keyingi