Siz ko‘rmaydigan plastik: suv, havo va oziq-ovqatdagi mikroplastiklar
Plastik nafaqat shisha, sumka va o‘ramlarda, balki tanangizda ham borligini hech o‘ylab ko‘rganmisiz? Ular mikroplastiklar deb ataladi - suvda, havoda va hatto oziq-ovqatda bo'lishi mumkin bo‘lgan mayda plastik zarralar (5 mm dan kichik).
🧐 U atrof-muhitga qanday tushadi?
● Suvga - plastik butilkalar, sumkalar va qadoqlash yillar davomida parchalanib, mikrozarrachalarga aylanadi. Yuvilganda, sintetik kiyim daryolar va suv tizimlariga plastik tolalarni ajratib chiqaradi.
● Havoga - avtomobil shinalari harakatlanayotganda eskirib, atmosferaga mikroplastiklarni chiqaradi. Bundan tashqari, plastik chiqindixonalardagi chang bilan havoga ko‘tariladi.
● Oziq-ovqatlarda - baliq va dengiz mahsulotlari suvdan mikroplastiklarni yutib yuboradi, odam esa ularni u bilan birga yeydi. Plastik zarralari hatto asal, tuz va ifloslangan tuproqda yetishtirilgan sabzavotlarda ham uchraydi.
⚠️ Bu organizm uchun nimasi bilan xavfli?
Mikroplastik shunchaki tanadan o‘tmaydi - olimlar uni chaqaloqlarning qonida, o‘pkasida va hatto yo‘ldoshida ham topgan. Keyin nima bo‘ladi?
● Surunkali yallig‘lanishni keltirib chiqarishi mumkin.
● Zarrachalar gormonal muvozanatni buzadigan toksik moddalarni o‘z ichiga oladi.
● Mikroplastiklarning ichaklar orqali boshqa organlarga, jumladan, miyaga ham kirib borishi haqida dalillar mavjud.
Mikroplastiklarning organizmga tushishini qanday kamaytirish mumkin?
💧 Suvzni filtrlang
Plastikning ko‘p zarralari organizmga aynan suv orqali kiradi. Ko‘mir filtrlari ularning miqdorini kamaytirishga yordam beradi.
🥤 Plastik oʻrniga shisha va metallni tanlang
Plastik butilkalar mikroplastik zarrachalarini ichimliklarga chiqaradi, ayniqsa quyoshda qoldirilsa. Shisha va zanglamaydigan po‘lat xavfsizroq variantlardir.
🧼 Aqlli tarzda kir yuving
Sintetik kiyimlar har safar yuvilganda mikroplastik ajratib chiqaradi. Yechimmi? Kamroq, past haroratda yuving va mikrotolalarni ushlash uchun maxsus qoplardan foydalaning.
🐟 Dengiz mahsulotlariga e’tiborli bo‘ling
Mikroplastik ayniqsa baliq va mollyuskalarda ko‘p to‘planadi. Agar dengiz mahsulotlarini iste’mol qilmoqchi bo‘lsangiz, katta emas, balki kichikroq baliqlarni tanlang, chunki ular kamroq ifloslantiruvchi moddalarni to‘playdi.
🫁 Xonani tez-tez shamollatib turing
Havodagi mikroplastiklar mebel va kiyimlarga joylashadi. Shamollatish va nam tozalash uydagi plastic zarralari konsentratsiyasini kamaytirishga yordam beradi.
Mikroplastikni bir kunda dunyodan olib tashlab bo‘lmaydi, lekin uni hayotingizda kamroq bo‘lishiga erishish mumkin!
Average Rating: ☆ ☆ ☆ ☆ ☆ (0 reviews)