Nima uchun bir marta ishlatiladigan plastiklardan voz kechishingiz kerak?
Har birimiz har kuni qancha plastik ishlatishimiz haqida hech o‘ylab ko‘rganmisiz? Xarid qilish paketlari, suv idishlari, ichimlik somonlari (naychalari), oziq-ovqat idishlari, qadoqlar- bularning barchasi bir martalik plastikdir. Biz uni tom ma’noda bir necha daqiqa ishlatamiz va keyin esa tashlab yuboramiz. Ammo keyin nima bo‘ladi?
Aksariyat plastiklar yuzlab yillar davomida parchalanmaydi. U shunchaki mayda bo‘laklarga bo‘linadi va tuproqda, suvda va havoda qoladi. Bu mikrozarralar daryolar va okeanlarga, keyin esa baliq, qushlar va dengiz toshbaqalarining oshqozoniga tushadi. Tasavvur qiling-a, ko‘plab hayvonlar plastik parchani oziq-ovqat o‘rnida qabul qilgani uchun o‘ladi. Eng yoqimsiz narsa shundaki, mikroplastiklar ham inson tanasiga kirishi mumkin, chunki ular baliq, dengiz mahsulotlari va hatto ichimlik suviga ham tushadi.
Ayniqsa, plastik paketlar, butilkalar, somonlar, ko‘pikli plastik idishlar va oziq-ovqat qadoqlari juda zararli. Masalan, paketlar parchalanishi uchun 400 yilgacha vaqt ketad, shishalar va ularning qopqoqlari ko‘pincha o‘lgan hayvonlarning oshqozonlarida topiladi. Kichik somonlarni qayta ishlash deyarli imkonsiz, ko‘pikli plastikdan yasalgan konteynerlar esa atrof-muhitni uzoq yillar davomida ifloslantiradi.
Lekin yaxshi yangilik bor! Bir martalik plastikni xavfsizroq va ekologik toza narsalar bilan almashtirish mumkin. Masalan, paketlar o‘rniga o‘zingiz bilan mato sumka olib yurishingiz mumkin. Butilkalarni shisha yoki metalldan yasalgan ko‘p marta ishlatiladigan butilkalarga almashtirish oson. Somonchalar, agar ular haqiqatan ham kerak bo‘lsa, metall yoki bambukdan bo‘lishi mumkin. Oziq-ovqat uchun konteynerlar ham shisha yoki biologik parchalanadigan bo‘lishi mumkin. Hatto oddiy plastik vilka va qoshiqlarni ham ko‘p marta ishlatiladiganlariga almashtirish mumkin - shunda ularni bir marta ishlatgandan keyin tashlab yuborishga hojat qolmaydi.
Bir martalik plastikdan voz kechish shunchaki moda emas, balki tabiatni asrab qolishga haqiqiy hissa qo‘shishdir. Kichik narsadan boshlang: o‘zingiz bilan shishangizni oling, eko-sumkangizni olib yuring, somonchalarni shunchaki ishlatmang. Agar nima uchun bunday qilayotganingizni bilsangiz, odatlarni o‘zgartirish qanchalik oson ekanligiga hayron qolasiz. Plastikdan qancha kam foydalansak, dunyo shuncha toza bo‘ladi!
Average Rating: ☆ ☆ ☆ ☆ ☆ (0 reviews)