Дерево.png

Sayyoramiz resurslaridan oqilona foydalanishning ahamiyati

Biz toʻxtovsiz turli buyumlarni sotib olib va keraksiz boʻlgach tashlab yuborar ekanmiz sayyoramizning resurslarini notoʻgʻri ishlatayotgan boʻlamiz. Ma’suliyatsiz iste’mol qilish odati bizni baxtli hayotga yetaklamaydi, u axlatxonalar soni ortishiga, havo va suvning ifloslanishiga, tabbiiy ofatlarga va boshqa muammolarga olib keladi.

Bugungi kunda oqilona iste’mol qilish – yer aholisining global maqsadi boʻlib qoldi. Tabiiy resurslarni tejovchi hayot tarzini targʻib qiluvchilar orasida mashhur siyosatchilar, muvaffaqiyatli biznesmenlar, yetakchi akterlar, yirik korxonalar, davlatlar va koʻngillilar bor. Bugungi kunda mas’uliyatli boʻlish muhim.

Oqilona iste’mol qilish — ekologiya va atrof muhitga mas’uliyat bilan yondoshadigan hayot tarzidir. Ya’ni suvni va elektr energiyasini behuda sarflamaslik, plastik paketlarni sotib olmaslik, axlatlarni saralash va boshqa koʻplab shu kabi masalalar tushniladi.

Qanday qilib oqilona sarflash mumkin?

Eski buyumlarni tashlab yuborishni oʻrniga, ularni ta’mirlash yoki oʻzgartirib yangi maqsadlarda ishlatish mumkin. Unutmang, faqat bir mavsum davomida yoki hayotingizda bir marta zarur boʻladigan buyumlarni, masalan, tantanali marosim uchun kiyimni yoki togʻ changʻisi uchun anjomlarni sotib olgandan koʻra ijaraga olish ancha foydaliroq.

Oziq-ovqat maxhsulotlarini tashlab yubormang. Agar pishirgan ovqatingiz keragidan koʻproq ortib qolgan boʻlsa, uni doimo muzlatib qoʻyish mumkin.

Chuchuk suvni tejang! Tish tozalayotganda joʻmrakni yopib qoʻying. Toʻgri, bugun biz uchun suv, havo, quyosh nuri yetarli. Ammo bizdan keyin yashab qoladigan avlodga bu ne’matlar yetarli boʻladimi? Biz sayyoramizda hayotning davom etishi uchun qanday hissa qoʻshdik?

Shunchaki kayfiyatni koʻtarish uchun turli xil buyumlarni sotib olish shart emas. Kitoblar oʻqing, qiziqarli insonlar bilan suhbatlashing, teatrga boring — bir talay keraksiz buyumlarni sotib olgandan koʻra, yangi bilimlar va kechinmalar tufayli baxtli boʻlish uchun koʻplab usullar bor.

Tabiatni asrang, oʻzingizni va oʻzgalarni hurmat qiling va oqilona iste’mol qiling!

Oldingi Keyingi