Termometr singanda nima qilish kerak?
Simob – termometrning suyuq tarkibiy qismidir. Agar termometr tushib ketib, biroz simob toʻkilsa, buning oqibatini oʻzingiz bartaraf etishingiz mumkin. Agar simob koʻproq toʻkilsa, darhol mutaxassisni chaqirishingiz kerak.
- Birinchi navbatda quyidagi choralarni koʻring:
- termometer singanligi haqida kattalarga xabar bering;
- termometr singan xonaning oynasini oching, eshikni esa, aksincha, yopib qoʻying (yelvizak boʻlmasligi kerak);
- voqea sodir boʻlgan joyni cheklang. Simob poyafzal tagiga yoki oyoq tagiga tushmaganligiga va siz uni butun xonaga yurib tarqatmaganingizga ishonch hosil qiling;
- rezina qoʻlqop kiying;
- oyogʻingizga polietilen paket yoki baxila kiying;
- nafas olish yoʻllarini himoya qilish uchun soda eritmasiga namlangan yoki suv bilan namlangan paxta-doka niqob taqing.
- Simobni yigʻing.
Diqqat! Yigʻishtirayotganda aslo:
- simobni supurgi bilan supurmang;
- simobni changyutkich bilan tozalamang, chunki changyutgich tomonidan puflangan havo suyuq metallning bugʻlanishini osonlashtiradi.
Simob va termometrning barcha singan qismlarini iloji boricha ehtiyotkorlik bilan sovuq suvli shisha idishga yigʻing. Idishdagi suv simob bugʻlanib ketmasligi uchun kerak.
Kichik tomchi-sharchalarni quyidagilar yordamida yigʻish mumkin:
- shprits;
- rezinali grusha;
- ikki varaq nam qogʻoz yoki gazeta;
- plastir;
- skotch;
- nam paxta;
- plastilin;
- boʻyash yoki soqol olish uchun foydalanadigan nam choʻtka.
Simobni barcha tirqish va yoriqlardan yaxshilab yigʻing! Agar simobni yigʻishtirish uzoqqa choʻzilib ketsa, bunday holatda har 15 daqiqada tanaffus qiling va toza havoga chiqing.
Keyin FVVga qoʻngʻiroq qiling(1050). Simobni toʻplagan bankani Favqulodda vaziyatlar vazirligi(FVV) mutaxassislariga yoki radiokimyoviy xavfsizlik xizmati xodimlariga topshiring. Yoki FVVga (1050) qoʻngʻiroq qilishingiz va simobni qayerga topshirishni soʻrashingiz mumkin.
Hech qachon singan termometrni va yigʻilgan simobni axlat qutisiga yoki kanalizasiyaga tashlamang.
Simob toʻkilgan joyga xlorli ohak, xloramin eritmasi yoki issiq sovun-soda eritmasi (30g soda, 40g maydalangan sovun, 1 litr suv) bilan yaxshilab ishlov berish kerak.
Simobni yigʻishtirib olgandan soʻng: ⠀
- uyda yelvizak holatini yarating;
- poyabzallar tagini kaliy permanganat eritmasi bilan yuvib tashlang;
- shuningdek, qoʻlqop va tozalashda ishlatilgan boshqa materiallarni chiqindilar bilan ishlash boʻlimiga topshiring;
- ogʻzingizni yengil kaliy permanganat eritmasi (margansovka) bilan yuvib tashlang;
- tishlaringizni yaxshilab yuving;
- 2-3 ta faollashtirilgan uglerod tabletkasini qabul qiling;
- koʻp suyuqlik iching.
Yodingizda tuting, simob bilan zaharlanish organizm uchun juda xavflidir!