Yashirin iz: uglerod izi nima va uni qanday o‘lchash mumkin?
Hatto nonushtangiz ham iz qoldirishi haqida hech o‘ylab ko‘rganmisiz? Yo‘q, bu stol ustidagi ushoqlar emas, balki atmosferadagi ko‘rinmas iz - uglerod izi. Bu kundalik hayotimiz tufayli atrof-muhitga chiqariladigan issiqxona gazlari miqdori.
Umuman olganda, uglerod izi nima? Bu transportdan foydalanganimizda, ovqat pishirganimizda, chiroqni yoqqanimizda, kiyim-kechak yoki gadjetlar sotib olganimizda paydo bo‘ladigan karbonat angidrid (CO2) va boshqa issiqxona gazlarining barcha chiqindilaridir. Biror narsaga qancha ko‘p energiya va resurs sarflansa, uglerod izi shuncha ko‘p bo‘ladi.
Nima uchun bu yomon? Chunki issiqxona effekti hosil qiluvchi gazlar issiqlikni atmosferada ko‘rpa kabi ushlab qoladi, buning natijasida Yer qiziydi. Bu muzliklarning erishiga, qurg‘oqchilikka, kuchli jala va yong‘inlarga sabab bo‘lmoqda. Masalan, ba’zi mamlakatlarda yozda havo shu qadar isib ketadiki, odamlar ko‘chaga chiqolmaydi. Yoki to‘satdan oldin bo‘lmagan kuchli bo‘ronlar va suv toshqinlari boshlanadi. Bularning barchasi iqlim o‘zgarishining oqibatlaridir.
Dunyodagi har bir inson o‘z uglerod izini qoldiradi. U yiliga o‘rtacha 4 tonna atrofida CO2 ni tashkil etadi. Bu normal holat, lekin rivojlangan mamlakatlarda bu ko‘rsatkich 16 tonnagacha yetishi mumkin - bu endi juda ko‘p! Global isishni to‘xtatish uchun har bir insonning uglerod izi yiliga 2 tonnadan oshmasligi kerak.
Men o‘zimning uglerod izimni hisoblab chiqdim va uning qanchalik baland ekaniga hayron qoldim! Bu meni o‘ylantirib qo‘ydi: qanday qilib o‘z izimni kichikroq qilishim mumkin? Axir bizning sayyoramiz bitta-ku.
Siz ham o‘z uglerod izingizni onlayn kalkulyator yordamida tekshirishingiz mumkin, masalan, footprintcalculator.org (ingliz tilida) https://jalajalg.positium.ee/?lang=RU (rus tilida). Agar raqam juda katta bo‘lsa - xavotir olma, uni o‘zgartira olasan! Uglerod izini kamaytirish uchun nima qilish kerak? "Ekologik chellenj: uglerod izini qanday kamaytirish mumkin?" maqolasini o‘qing.
Average Rating: ☆ ☆ ☆ ☆ ☆ (0 reviews)