10_IOGT_red_ribbon_illustration_320x173.width-360.png

Ishonch Xonasi — nima?

Respublikamizda ishonch xonalari mavjudligidan juda ham kam odam habardor. Bunday kabinetlar, birinchi navbatda, odamlar uchun xavfli infeksiyalar haqida xabardor qilish uchun yaratilgan. Hamda ushbu kasalliklarga chalingan odamlarni davolashga yordam berish uchun va bunday infeksiyalarning bir odamdan boshqasiga oʻtishini toʻxtatish uchun tashkil etilgan.

OIV infeksiyasini nazorat qilish markazlarida, tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarining koʻp tarmoqli poliklinikalarida, shuningdek, oilaviy poliklinikalarda ishonch xonalari tashkil etilgan. Ular mutlaqo bepul xizmatni taqdim etadilar, siz u yerga borib anonim qolishingiz mumkin, ya’ni shaxsiy ma’lumotlaringizni oshkor qilishingiz shart emas.

Bu idoralar aholining zaif qatlamlari vakillari bilan ishlashga yoʻnaltirilgan, masalan: inyeksion giyohvand moddalarni iste’mol qiluvchilar; noan’anaviy hayot tarziga ega boʻlgan odamlar, jinsiy yoʻl bilan yuqadigan infeksiyalari mavjud boʻlgan odamlar va boshqalar.

Ushbu xonalarda siz OIV infeksiyasi, shuningdek, boshqa ba’zi kasalliklar haqida barcha ma'lumotlarni topishingiz mumkin. Ushbu idoralar xodimlari xavf ostida boʻlgan odamlarni shpritslar, shuningdek, jinsiy aloqa paytida ishlatiladigan himoya vositalari bilan ta’minlaydi.

Ishonch xonalariga murojaat qilib, odamlar OIV infeksiyasi, virusli gepatit, sifilis, gonoreya, xlamidiya, trixomoniasis, inson papillomavirusi uchun tezkor test topshirishlari mumkin. Bundan tashqari, mutaxassis ular bilan testdan oldin va testdan keyingi maslahatlar oʻtkaziladi.

Bundan tashqari, agar siz kasal boʻlsangiz, ushbu idoralarda bepul psixologik yordam olishingiz mumkin. Kabinetga murojaat qilishingiz haqidagi va sizga koʻrsatilgan xizmatlar haqidagi barcha ma’lumotlar maxfiy saqlanadi. Eslatib oʻtamiz, ushbu xizmatlar bepul.

Ishonch xonalari har doim koʻngillilar uchun ochiq!

Ishonch xonalari koʻngillilari aholining zaif qatlamlari oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilishda, ma’lumot tarqatishda yordam beradi, shuningdek, umumiy va zaif aholi oʻrtasida shprits va himoya vositalarini tarqatishadi.

Yodda tuting: siz har doim boshqalarga yordam bera olasiz!

Ilgari bu xonalar mavjudligi haqida bilarmidingiz? Izohlarda bu haqda bizga xabar bering!

Oldingi Keyingi