Manikyur(tirnoq) salonida OIV yuqishi mumkinmi?
Manikyur salonida OIV infeksiyasini yuqtirish xavfi minimaldir. Lekin har qanday holatda ham, oʻz sogʻligʻingizni himoya qilish uchun xavfsizlik ehtiyot choralarini koʻrish muhimdir. Axir, OIV infeksiyasidan tashqari, salonda yuqishi mumkin boʻlgan boshqa bir qator kasalliklar ham mavjud (masalan, gepatit, zamburugʻ).
Koʻpchilik odamlarda barmoqlar terisi nozik, tomirlari yuzaga yaqin joylashgan boʻladi. Mahoratli hodim ham tasodifan terini qisqichlar bilan kesib yuborishi yoki pilka bilan qonatib yuborishi mumkin. Agar, shunday vaziyatda, oldingi mijozdan keyin, manikyur vositalari sterilizatsiya qilinmagan boʻlsa va u mijozda OIV bilan kasallanganlik ehtimoli boʻlsa, OIV infeksiyasini yuqtirib olish mumkin.
Hatto, tirnoq ustasi ham salondagi jarayonlar davomida oʻzini tasodifan shikastlab olishi mumkin. Demak, ular ham OIV-musbat mijoz bilan ishlash jarayonida ma’lum bir infeksiya xavfiga duchor boʻladilar.
Shuning uchun manikyur va pedikyur jarayonlarini faqat steril asboblar bilan va himoya choralariga rioya qilgan holda bajarish muhimdir. Shunda, infeksiya xavfi nolga teng boʻladi. Oʻz xavfsizligingiz uchun shaxsiy manikyur toʻplamini sotib oling va doim uni salonga oʻzingiz bilan olib bora olasiz.
Salonga birinchi marta kelganingizda, hodimdan asboblar qanday sterilizatsiya qilinganligini koʻrsatishini soʻrashdan tortinmang. Hodim har bir yangi mijozdan oldin qoʻllarini yaxshilab yuvishiga yoki yangi qoʻlqop kiyishiga ishonch hosil qiling.