Men anonim ravishda OIV/OITSga test topshira olamanmi?
OIV testi kasallikni oʻz vaqtida aniqlash uchun qoʻllaniladi. Bu qarindoshlar, yaqinlar va doʻstlarga virusning yuqishini oldini olishda imkon beradi. Shuningdek, davolanishni oʻz vaqtida boshlashga koʻmaklashadi.
Bugungi kunda har bir inson uchun OIV maqomini bilish juda muhimdir. Test topshirganlar roʻyxatida ismingizni qayd etilishini istamasangiz, Oʻzbekiston Respublikasida anonimlik imkoniyati mavjud. Testlarni Respublika OITSga qarshi kurash markazi va viloyat markazlaridagi ishonch kabinetlarida topshirishingiz mumkin.
Bemorni roʻyxatga olishda maxsus shakl qoʻllaniladi:
- Bemor onasining ismining birinchi 2 ta harfi.
- Bemor otasining ismining birinchi 2 ta harfi.
- Kodlash uchun agar bemor erkak boʻlsa -1, ayol boʻlsa - 2 raqamlari ishlatiladi.
- Tugʻilgan yilning oxirgi 2 raqami.
Masalan: onasining ismi Nargiza, otasining ismi Gʻayrat, 1997-yilda tugʻilgan, erkak boʻlsa, uning kodi quyidagicha boʻladi: “NAGA -197”. Bu kabi kabinetlarda bemorlarga testdan oldin va testdan keyingi bepul maslahat ham beriladi. Tahlillar bemorning barmogʻidan venoz qonni olish bilan tezkor testlar orqali amalga oshiriladi. Test natijalari sizga 15-60 daqiqa ichida taqdim etiladi. Test topshirishdan 30 daqiqa oldin bemorga turli xil ichimlik ichmaslik, ogʻiz boʻshligʻini tozalash vositalaridan foydalanmaslik (ogʻizni suyuqlik bilan yuvish, tish pastasini ishlatish, saqich chaynash), testni och qoringa topshirish tavsiya etiladi. Testdan oldin chekish mumkin emas.
OIV/OITS testini anonim va ayni paytda bepul topshirishingiz mumkinligini bilarmidingiz?
Bu haqda izohlarda fikr bildiring!