Menda OIV. Nima qilishim kerak?
Agar siz oʻzingizni OIV yuqtirganman, deb hisoblasangiz, zudlik bilan analiz topshirishga boring. Bu qoʻrqinchli boʻlsa ham, oʻz holatingizni bilish sogʻligʻingiz uchun qoʻyilgan birinchi qadamdir. Sogʻligʻingiz holatini qancha erta bilsangiz, shuncha yaxshi. OITS markazida sizdan tahlil uchun analiz olish bilan birga, manfiy natijani saqlab qolish yoki musbat natija boʻlgan holatlarda qanday yoʻl tutishingiz kerakligi haqida xabardor qilishadi.
Murojaat uchun:
RESPUBLIKA OITSGA QARSHI KURASHISH MARKAZI
Shahar: TOSHKENT
Tuman: Chilonzor
FARHOD (KICHIK XALQA YOʻLI) koʻchasi, CHILONZOR-16 mavzesi, 12
Telefonlar: +998 (71) 276-93-25 / +998 (71) 276-23-11
OIV ga tahlil natijalari manfiy yoki musbat boʻlishidan qat’i nazar, mahfiy hisoblanadi, ya’ni sir tutiladi. Siz bunga Bola huquqlari toʻgʻrisidagi Konvensiyada koʻrsatilganidek haqlisiz.
Har bir shaxs muntazam ravishda OIV ni aniqlash maqsadida analiz topshirib turishi lozim. Koʻpchilik OIV yuqtirib olgan shaxslar oʻz statuslaridan (holatlaridan) bexabarlar. Shuning uchun tekshiruv sogʻlom , mazmunli va davomiy hayot uchun birinchi qadamdir.
Yodingizda tuting! Agar siz oxirgi analiz topshirganingizdan soʻng, bir marta boʻlsa ham himoyalanmagan jinsiy aloqa qilgan boʻlsangiz, sizning statusingiz oʻzgargan boʻlishi mumkin.
Qoningizda OIV borligi zararlanishdan soʻng 3 oy oʻtgandan keyingina aniqlanishi mumkin. Shuning uchun tahlilni 3 oydan keyin qayta oʻtkazish maqsadga muvofiq boʻladi. Bu 3 oy mobaynida himoyalanmagan jinsiy aloqadan saqlanish kerak. Bu choralar tahlil natijasining aniq chiqishi va boshqalar zararlanishining oldini olishda juda ham muhim. Agar sizda birinchi tahlil natijasi manfiy chiqqan holda ham, OIV mavjud boʻlsa, boshqalarni zararlash ehtimoli bor.