Menga donorlik qoni quyildi, OIV infeksiyasi yuqqan boʻlishi mumkinmi?
Qon quyish natijasida OIV infeksiyasini yuqish ehtimoli kam boʻlsada, bu yoʻl bilan yuqish xavfi haligacha saqlanib qolmoqda.
Hozirda butun dunyo boʻylab OIV infeksiyasi qon quyish orqali yuqish holatlari sezilarli darajada kamaydi. Bularning barchasi, donorlik qonining OIV/OITS, gepatit B, C va boshqa qon orqali yuqadigan patogenlarga tekshirilishi, shuningdek, donorlarni puxtalik bilan tanlash tufayli yaxshilandi. Zararlanish xavfi tekshirilmagan qon quyish holatlarida oshadi. Shu sababli hozirda toʻgʻridan-toʻgʻri qon quyish amalga oshirilmaydi.
Agar sizga qon quyilgan boʻlsa va oʻz sogʻligʻingizga ishonch hosil qilishni istasangiz, OIV uchun testdan oʻtishingiz mumkin.