10_IOGT_red_ribbon_illustration_320x173.width-360.png

Oʻzbekistonda antiretrovirus terapiya

Butun dunyo boʻylab millionlab odamlarda qoʻrqinchli OIV tashxisi qoʻyilganiga qaramay, bugungi kunda antiretrovirus terapiyasi (ART) ularning keksalikkacha hayot kechirishlariga yordam bermoqda.

Antiretrovirus terapiya bir vaqtning oʻzida ikkita maqsadga erishishga yordam beradi: u organizmdagi viruslar sonini kamaytiradi va kasallik belgilarini nazorat qiladi. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) OIV infektsiyasi tashxisi qoʻyilgan paytdan boshlab bemorga ARTni boshlash haqida ogohlantirishiga qaramay, dunyo boʻylab OIV bilan kasallanganlarning atigi 47% ART yordamida davolanmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasida OIV bilan kasallangan bemorlar uchun ART terapiyasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Respublikamizda ARVT davolash 15 ta muassasa tomonidan amalga oshiriladi. ART tuman darajasida faoliyat yurituvchi yuqumli kasalliklar kabinetlari tarmogʻi tomonidan ta’minlanadi. UNAIDS (BMT ning OIV infeksiysasi yoʻnalishida ish yurituvchi boʻlimi) ning 2020-yilda bergan maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonda antiretrovirus muolajasi bilan davolanishi kerak boʻlgan kattalar va bolalarning 100 foizi ayni damda davolanmoqda.

Mamlakatimizda antiretrovirus muolajasi samaradorligini tekshirish uchun virus miqdorini tekshirish boʻyicha milliy siyosat mavjud. OIV bilan yashayotgan odamlarni imkon qadar tezroq ularni davolovchi tashkilotlar e’tiboriga yetkazish juda muhim. Bu orqali organizm ARTni buyurish mezonlariga javob beradimi yoki yoʻqligini oldindan baholab ARTni oʻz vaqtida qabul qilish boshlanadi, qolaversa, kelajakda OIV infeksiyasining tarqashi oldini olish imkoniyati yaratiladi.

Milliy ma’lumotlarga koʻra, agar 4-8 hafta ichida bemorning qonida virus darajasi 3-5 baravar kamaysa, bu ART davolash samaradorliligini koʻrsatadi. Koʻpgina bemorlarda virusli terapiyaning 12-16 xaftaligida OIV tarkibi uni aniqlash mumkin boʻlmagan darajagacha yetadi, ya’ni u juda past darajaga tushadi.

Bolalarda preparatni buyurishda koʻngil aynishi, qusish yoki ishtahani yoʻqotishiga olib keladigan nojoʻya ta’sirlar hisobga olinadi.

Oldingi Keyingi