10_IOGT_red_ribbon_illustration_320x173.width-360.png

Oʻzbekistonda OIV infeksiyasini aniqlashning qanday usullari mavjud?

OIV/OITSga testlar qanday oʻtkazilishi haqida hech oʻylab koʻrganmisiz? Sizga bu maqolamizda Oʻzbekistonda oʻtkaziladigan test turlari haqida ma’lumot berib oʻtamiz va bu testlar aynan nimani aniqlashini qisqacha tushuntirib ham oʻtamiz.

  1. IFA (Immunoferment analiz).

Agar kishi kasallikni yuqtirgan boʻlsa, infeksiyadan keyin ma’lum vaqt ichida tanada unga qarshi ma’lum moddalar ishlab chiqarishni va qonga chiqishni boshlaydi. IFA usul orqali sizning organizmingizda OIVga qarshi reaksiya bor-yoʻqligini aniqlaydi. Ammo bu testlar “yolgʻon manfiy” va “yolgʻon musbat” natijalarni ham berishi mumkin. Bu infeksiya tanaga tushgan vaqtdan keying IFA testigacha oʻtgan vaqtga bogʻliq. Dastlabki bosqichlarda “yolgʻon manfiy” natijani olishimiz mumkin, chunki hali tanada yetarlicha OIV ga qarshi antitanachalar boʻlmasligi mumkin. “Yolgʻon musbat” natijalar ba’zida tananing juda kuchli reaksiyasini keltirib chiqaradigan kasalliklarda (masalan, tizimli qizil boʻricha, revmatoid artrit va boshqalar) paydo boʻladi.

  1. Ekspress testlar.

Ular ham OIV infektsiyasiga qarshi ishlab chiqilgan moddalarni aniqlash uchun ishlatiladi. Bu usul qon yoki soʻlakni tekshiradi. Ushbu testlarning qulayligi ularning natijalari tez chiqishida: 15 daqiqadan 1 soatgacha.

  1. Immunobloting usuli.

Bu usul juda sezgir hisoblanadi uchun bemorning IFA testi natijalari musbat boʻlsa, u immunoblot usuli bilan testga yuboriladi.

  1. PZR (polimeraza zanjiri reaktsiyasi).

Bu usul bemorning qonida virusning oʻzini (uning DNK yoki RNKsini) aniqlashga qaratilganligi bilan farq qiladi. Qon olinib, virus deb gumon qilgan parchalar ajratib olinadi. Uning DNKsini ajratib olishadi va miqdori turli moddalar yordamida minglab marta koʻpaytiriladi. Keyin OIVda boʻlishi kerak boʻlgan DNK tarkibi bilan bemordan olingan DNK virusining tarkibi solishtiriladi. Agar ular bir hil chiqsa, demak, natija musbat boʻladi. Bu usul ham juda sezgir hisoblanadi.

Oldingi Keyingi