OIV bilan kasallangan mashhur odamlar
Kamdan-kam odamlar OIV bilan kasallanganligini ochiq e’lon qilishga tayyor, sababi shundaki, ular jamoatchilik va qarindoshlarining qoralashidan qo‘rqishadi, chunki kasallik faqat asotsial, nosog‘lom turmush tarzini olib boradiganlarga yuqadi degan noto‘g‘ri stereotip hali ham odamlar ongida kuchli saqlanib qolgan.
OITSdan vafot etganlar ro‘yxatida bir necha yil davomida kasallik bilan kurashgan “Queen” guruhining yetakchisi Freddi Merkuri bor.
1992-yilda mashhur amerikalik fantastika yozuvchisi Ayzek Azimov OITSdan vafot etdi. 1983-yilda, OITS haqida juda kam ma’lumot bo‘lgan davrlarda, yozuvchi yurak operatsiyasini o‘tkazadi va donorlik qoni orqali OIVni yuqtirib oladi. Bir necha yil o‘tgach, unga ikkinchi operatsiya kerak bo‘ladi va kasalxonaga yotqizish paytida unda tasodifan OIV aniqlanadi.
OIV bilan yashaydigan mashhur odamlar
No Angels guruhining solisti o‘zining OIV musbat maqomi haqida ochiq e’lon qildi. 2009-yil noyabr oyida nemis qo‘shiqchisi Nadya Benaissa Berlinda OITSga qarshi kurashga bag‘ishlangan gala-konsertda qatnashdi va shunday dedi: “Mening ismim Nadya Benaissa, men 27 yoshdaman, qizim bor va menda OIV holati — musbat”.
Erasure vokalisti Endi Bell 20 yildan ortiq vaqt davomida OIV infeksiyasi bilan yashaydi. U birinchi marta 2004-yilda o‘z tashxisi haqida gapirib, yoshlarni himoyalanmagan jinsiy aloqa va giyohvandlik borasida ogohlantirdi.
Aktyor Charli Shin “Ikki yarim odam” serialining yulduzi. Aktyorning aytishicha, tashxis unga 2011-yilda qo‘yilgan.
Basketbolchi Medjik Jonson — “Shoutaym” deb nomlangan davrdagi “Leykers”ning super yulduzi va umuman, tarixdagi eng yorqin basketbolchilardan biri. Medjik MBA final seriyasining eng yaxshi o‘yinchisi deb topilganidan bir yil o‘tgach, 1991-yilda OIV bilan kasallanganligini e’lon qildi. O‘sha paytda futbolchi 32 yoshda edi va u faoliyatini tugatishni rejalashtirmagan edi. Lekin OIVning ijobiy maqomi haqida bilib, iste’foga chiqishini ochiq e’lon qildi.
OITSdan vafot etgan insonlar bizni befarq qoldira olmaydi. Kasallik global muammoga aylandi va har bir kishi unga qarshi kurashish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishi kerak. Biz hech bo‘lmaganda o‘zimizni bu infeksiyadan iloji boricha himoya qila olishimiz mumkin.