OIV bilan zararlangandan soʻng, OITS rivojlanishigacha qancha vaqt ketadi?
OIV — immun tizimini zararlaydigan virus, OITS esa OIV infeksiyasi rivojlanishining soʻnggi bosqichi, ya’ni immunitetning ancha tushib ketishi natijasida turli xil kasalliklarga uchrashidir.
Bu davr hamma odamlarda har xil kechadi. OIV bilan zararlangan davrdan OITS kasalligiga qadar 10-15 yil oʻtishi mumkin. Bu ba’zida koʻproq, ba’zan esa kamroq vaqtni tashkil etishi ham mumkin.
Antiretrovirus terapiyasi OITS bosqichiga oʻtishning oldini oladi va uzaytiradi.
Qonda OIV infeksiyasining mavjudligi qancha erta aniqlansa va antiretrovirus terapiyasi qancha erta boshlansa, OITSga oʻtish muddati shunchalik uzoqlashadi. Dori-darmonlarni toʻgʻri va muntazam qabul qilish natijasida, OITS bosqichi 15 yil yoki undan ham koʻproq vaqt oʻtgandan soʻng paydo boʻlishi mumkin.
Agar OIV bilan kasallangan odam davolanmasa, OITS belgilari 8-10 yil ichida paydo boʻladi.