OIV infeksiyasi boshqa infeksiyalardan qanday farq qiladi?
- Klinik jihatdan uzoq vaqt oʻzini namoyon qilmaydi. Hech qanday bezovtalik yoki ogʻriq chaqirmaydi. Koʻp yillar davomida oʻzini tinch va yashirincha tutadi.
- Dastlabki grippga oʻxshash belgilar oʻz-oʻzidan yoʻqolishi mumkin.
- Qonga tushgandan soʻng, bemorning qonida butun umr saqlanib qoladi.
- Immun hujayralariga ta’sir koʻrsatadi va yil sayin ularning soni kamayib boradi.
- Odamni OIV bilan kasallangan ekanligini tashqaridan bilib boʻlmaydi — ular sogʻlom odamlardan farq qilmaydi, faqat oxirgi bosqichlarda boʻlgan bemorlarda kasallik alomatlari kuzatilishi mumkin.
- Yoʻtalganda, aksirganda, bir idishlardan foydalanganda, chivin va boshqa hasharotlar chaqqanda yuqmaydi.
- OIVga qarshi vaksina mavjud emas.
- Jins, yosh, hudud tanlamaydi.
- Bemor umrbod davolanishi zarur.
- Bemor odam immuniteti tanqisligi virusi tufayli emas, balki orttirilgan infeksiya natijasida vafot etadi.