OIV infeksiyasidan qanday himoyalanish mumkin?
- Giyohvand moddalarni qabul qilmaslik;
- Toʻgʻri jinsiy hayot kechirish va kontratsepsiyaning toʻsiqli usullaridan foydalanish;
- Boshqa birovning qoniga rezina qoʻlqopsiz tegmaslik;
- Bir martalik shpritslardan foydalanish;
- Boshqalarga sizning shaxsiy gigiyena vositalaringizdan (britva, manikyur vositalari va boshqalar) foydalanishlariga yoʻl qoʻymaslik;
- Qon yoki boshqa suyuqliklar tekkan ichki kiyimlarni qaynatish;
- Sterilizatsiya usullari shubha tugʻdiradigan joylarda quloqlarni teshmaslik, tatuirovka va pirsing qilmaslik.