10_IOGT_red_ribbon_illustration_320x173.width-360.png

OIV infeksiyasini yuqtirib olishga kim koʻproq moyil?

OIV infeksiyasini ehtiyot choralariga rioya qilmagan har qanday kishi yuqtirib olishi mumkin. Ammo turmush tarzi yoki kasbi tufayli ba’zi odamlar zararlanish xavfiga koʻproq duch kelishadi.

Birinchi navbatda kimlar zararlanish xavfi ostida?

  • Giyohvand moddalarni tomir ichiga qabul qiluvchilar (giyohvand moddalarni yuborishda umumiy ignalar, shpritslar va boshqa materiallardan foydalanish tufayli).
  • Rag‘batlantirish evaziga intim xizmat koʻrsatuvchilar.
  • Tekshirilmagan (infeksiyalanganlik ehtimoli bor) donor qoni quyilgan shaxslar.
  • Tibbiyot hodimlari. Xususan, jarrohlar, ginekologlar, stomatologlar, qon olish va uni tekshirish bilan aloqador barcha tibbiyot xodimlari.
  • Goʻzallik saloni hodimlari: kosmetologlar, manikyurchi, tatuirovka va tatuaj hodimlari;

Infeksiya yuqtirish xavfi boʻlgan odamlar sogʻlom ekanligiga ishonch hosil qilish uchun kamida yiliga bir marta OIV infeksiyasiga doir tekshiruvdan oʻtishlari kerak.

Oldingi Keyingi