10_IOGT_red_ribbon_illustration_320x173.width-360.png

OIV nima?

OIV — odam immuniteti tanqisligi virusining, ya’ni inson immunitet tizimini zararlovchi virusning qisqartirilgan nomidir. OIV faqat inson organizmida yashaydi va koʻpayadi.

OIV ni qanday yuqtirib olish mumkin?

OIV quyidagilar orqali yuqadi:

1) Qon.

2) Sperma.

3) Qin suyuqligi.

4) Toʻgʻri ichak suyuqligi.

5) Ona suti.

OIV bilan zararlangan odamlar virusni yuqtirib olganlarini sezmaydilar. Ba’zan zararlanishdan bir necha hafta oʻtib, grippga oʻxshash holat rivojlanishi (tana haroratining koʻtarilishi, terida toshmalar paydo boʻlishi, limfa tugunlarining kattalashib qolishi, ich ketishi) mumkin.

OIV bilan zararlangan inson yillar davomida oʻzini sogʻlom his qilishi mumkin. Bu davr kasallikning yashirin (latent) davri deb ataladi. Ammo bu davrda organizmda hech qanday oʻzgarish boʻlmaydi, deb hisoblash notoʻgʻri.

OIV yuqqanda, uni yuqtirib olgan odam organizmida hech qanday kasallik belgilari kuzatilmasa ham, u boshqalar uchun havfli hisoblanadi, ya’ni boshqa sogʻlom odamlarga OIV yuqtirishi mumkin. Shuning uchun test topshirib, OIV boʻyicha oʻz statusini aniqlab olishi kerak.

OIV ni aniqlash uchun testni mamlakatimizning barcha davolash-profilaktika muassasalarida topshirish mumkin.

Oldingi Keyingi