10_IOGT_red_ribbon_illustration_320x173.width-360.png

OIV qanday yuqishi mumkin?

OIV quyidagilar orqali yuqishi mumkin:

1) qon;

2) sperma;

3) qin suyuqligi;

4) toʻgʻri ichak (orqa chiqaruv yoʻli) suyuqligi

5) koʻkrak suti.

OIV odatda bu kasallikka uchragan odam bilan jinsiy aloqa qilish natijasida; narkotik vositalarni bitta igna bilan tomirga yuborganda; onadan bolaga homiladorlik, tugʻruq va koʻkrak suti bilan boqish/emizish natijasida yuqadi.

Oʻpish orqali OIV ni yuqtirib olish mumkinmi?

OIV oʻpish orqali yuqmaydi.

Ovqatingiz bilan boʻlishish orqali OIV ni yuqtirib olish mumkinmi?

OIV bir idishdan ovqat yeganda yuqmaydi. OIV faqat yuqorida sanab oʻtilgan beshta biologik suyuqlik bilan aloqada boʻlganda yuqishi mumkin.

Jinsiy aloqadan tiyilish yagona chorami?

Yoʻq. Jinsiy yaqinlikdan tiyilish yoki voz kechish orqali homiladorlikni va jinsiy yaqinlik orqali yuquvchi kasalliklarning oldini olishi mumkin. Ammo bunga boshqa choralarni qoʻllash orqali ham erishsa boʻladi.

Qanday qilib OIV yuqishining oldini olish mumkin?

  • har qanday himoyalanmagan jinsiy yaqinlikdan saqlanish;
  • teri qatlamining butunligi buzilishiga sabab boʻluvchi barcha muolajalarda toza, sterillangan anjomlardan foydalanish;
  • organizmda OIV mavjud boʻlsa, virusga qarshi davodan foydalanish infeksiya yuqish darajasini sezilarli pasaytiradi;
  • agar qonida OIV mavjud boʻlgan ayol homiladorlik vaqtida shifokor nazoratida boʻlib, profilaktik davo olgan boʻlsa, uning sogʻlom bolani dunyoga keltirish ehtimoli 99% ni tashkil etadi.
Oldingi Keyingi