10_IOGT_red_ribbon_illustration_320x173.width-360.png

OIV tanadan tashqarida qancha yashaydi va quruq qondan yuqadimi?

Infeksiyalangan qonga tegib ketish, OIV infeksiyani yuqtirib olish uchun yetarli emas. Infeksiyaning yuqishi uchun, qon bilan kontaktda boʻlgan teri qismida yara yoki jarohat boʻlishi kerak.

OIV infeksiyasi odam organizmidan tashqarida joylashgan muhitiga koʻra ma’lum bir vaqtgina umr koʻradi. Masalan:

  • ochiq havoda OIV virusi bir necha soat ichida halok boʻladi;
  • 56°C dan yuqori haroratda 30 daqiqa ichida, qaynatilganda darhol oʻladi;
  • quritilganda (mutlaqo namlik boʻlmagan holda) darhol oʻladi;
  • dezinfeksiya va tozalovchi vositalar ta’siridan bir necha daqiqa davomida, vodoprovod suvida esa bir necha soatda halok boʻladi;
  • xona haroratida qurib qolgan qonda bir hafta davomida yashashi mumkin;
  • shpritslarda 7 kungacha saqlanib qoladi;
  • transfuziya (qon quyish) uchun saqlangan qonda 10 yilgacha saqlanadi;
  • virus sovuqdan oʻlmaydi – harorat qancha past boʻlsa, OIVning yashab qolish ehtimoli shunchalik yuqori boʻladi.

Quvonarlisi shundaki, hozirgacha qurib qolgan qon bilan aloqa qilish tufayli OIV infektsiyasini yuqtirish hollari qayd etilmagan.

Oldingi Keyingi