10_IOGT_red_ribbon_illustration_320x173.width-360.png

OIVni yoʻq qilishga qanchalik yaqinlashdik?

Dunyo sogʻliqni saqlash sohasidagi eng muhim maqsadlaridan biri — OIVni yoʻq qilishga yaqinlashmoqda. Bu maqsadga erishish uchun esa kasallikka davo topishimiz shart emas. Bizga kerak boʻlgan yagona narsa OIV infeksiyasining tarqalishini toʻxtatishdir va u ertami-kechmi oxir-oqibatda yer yuzidan yoʻqoladi.

Virusning koʻpayishiga toʻsqinlik qiladigan dorilar bilan OIV tarqalishini toʻxtatishimiz mumkin. Gap antiretrovirus terapiyasi yoki ARV preparatlari haqida bormoqda. ARV terapiyasi OIVni turli yoʻllar bilan bostiradigan bir qator dorilarni oʻz ichiga oladi. Ba’zilari OIVning immunitet hujayralariga kirishini toʻsib qoʻysa, boshqalari virusning koʻpayishini oldini oladi.

Eng qizigʻi shundaki: OIV tashuvchilar tomonidan ARV preparatlarini qabul qilganda virusni yuqtirish xavfi sezilarli darajada kamayadi. Ushbu usul “Davolash profilaktika vositasi” deb ataladi.

Agar OIV tashuvchisi ARV preparatini qabul qilsa, u virus yukini aniqlanmaydigan darajaga tushirishi mumkin. Bu virus magʻlub boʻladi degani emas — virus tananing hujayralarida yashirinishi va davolanish toʻxtashi bilanoq faollashishi mumkin. Ammo agar dorilar yordamida uni yashirin holatda saqlash mumkin boʻlsa, u holda OIVni aniqlab boʻlmaydi. Agarda OIVni aniqlash mumkin boʻlmasa, uni yuqtirish mumkin emas.

Nazariy jihatdan, bu shuni anglatadiki, agar xavf ostida boʻlgan har bir kishi OIV uchun tekshiruvdan oʻtsa, davolansa, biz OIV tarqalishini toʻxtata olamiz va nihoyat virus yer yuzidan yoʻq boʻlib ketadi.

Oldingi Keyingi