10_IOGT_red_ribbon_illustration_320x173.width-360.png

OIVning kelib chiqish tarixi

OIV / OITS haqida insoniyat yaqin oʻrtada habar topdi. OIVning kelib chiqishi haqida turli xil farazlar mavjud, ammo ular taxminligicha qolmoqda, chunki ularning hech qaysisi ilmiy dalilga ega emas.

Zamonaviy tadqiqotchilarning fikriga koʻra, OITS kasallik sifatida 1950-1970 yillarda paydo boʻlgan.

OITS virusining qayerda paydo boʻlganligi ham aniq emas va turli bahslarni keltirib chiqaradi. Bir guruh olimlar virusni Markaziy Afrikada, ikkinchisi AQShda, uchinchi guruh esa Gaiti orolida paydo boʻlgan deb hisoblaydilar.

OITS bilan zararlanganligi tasdiqlangan birinchi shaxs Kongo (Afrika) chekkasida istiqomat qilgan. Uning qon analizi hozirgacha saqlanmoqda. Ba’zi taxminlarga koʻra, uni maymun tishlagan yoki u maymun goʻshtini kesayotganda qoʻlini kesib olgan. Soʻngra esa virusni boshqa odamlarga yuqtirgan.

Rasmiy ravishda, OITS birinchi marta 1981-yilda AQSh kasalliklarini nazorat qilish va oldini olish markazi tomonidan roʻyxatga olingan.

OIVni birinchi marta 1983-yilda fransiyalik virusolog Lyuk Montanye koʻplab limfa tugunlari kattalashgan erkakda kashf qilgan. Bu kashfiyoti uchun u 2008-yilda Nobel mukofoti bilan taqdirlandi. Montanye bilan bir vaqtda amerikalik olim Robert Gallo ham OITS bilan kasallangan bemorda shu virusni aniqladi.

Shunday qilib, koʻpgina tadqiqotlarga koʻra, virus turlararo toʻsiqni yengib oʻtib, odamlarni ham zararladi va natijada avval Afrika, soʻngra esa butun dunyo boʻylab tarqalib ketdi.

Oldingi Keyingi