10_IOGT_red_ribbon_illustration_320x173.width-360.png

Qon tahlili topshirishda OIV infeksiya yuqmasligi uchun nimalarni bilish kerak?

Tibbiyot xodimlari oʻzlariga va boshqa bemorlarga kasallikni yuqtirishning oldini olish uchun qon olish davomida ma’lum qoidalarga rioya qilishlari kerak.

Test olishga tayyorgarlik koʻrayotganda:

  • qoʻllar yuvilishi yoki ularni sanitarizatsiya qilinishi;
  • sinov oʻtkaziladigan sirtni dezinfektsiya qilinishi.

Buning uchun tibbiyot xodimlariga quyidagilar kerak boʻladi:

⮚ test uchun toʻplam;

⮚ dpirtli salfetka;

⮚ bir martalik skarifikator (barmoqni teshish uchun kichik pichoqcha);

⮚ bir martalik rezina qoʻlqoplar;

⮚ bir martalik ishlatiladigan pipetkalar;

⮚ skarifikator bilan teshilgan sirtni ustiga yopish uchun zarur boʻlgan bint yoki paxta;

⮚ oʻtkir va biologik xavfli materiallar uchun idish.

Agar test toʻplami va reagentlar muzlatgichda turgan boʻlsa, ularni yoʻriqnomada koʻrsatilgan vaqt davomida muzlatgichdan xona haroratiga olib qoʻyilishi kerak.

Endi barmoqdan qon olish qoidalarini koʻrib chiqamiz:

  • Tibbiyot xodimi birinchi navbatda qoʻlqoplarni kiyishi kerak (har bir test namuna uchun yangi qoʻlqop).
  • Qon olinadigan bemor barmogʻining (oʻrta yoki halqa barmoq) uchi massaj qilinadi.
  • Teshish lozim boʻlgan joy spirtli salfetka yoki 70% spirtga namlangan paxta bilan ishlov beriladi.
  • Barmoqning yumshoq qismi bir martalik skarifikator bilan teshiladi. Barmoqdan chiqqan qon test toʻplamining chuqurchasiga tomiziladi
  • Teshilish joyi yangi spirtli tampon, bint yoki salfetka bilan artiladi.
  • Barcha oʻtkir narsalar teshilmaydigan konteynerga, qoʻlqoplar dezinfektsiyalovchi eritmaga, paxta momigʻi, bint va salfetkalar ichidan hech narsa oqib ketmaydigan idishga tashlanadi.

Koʻrib turganingizdek, agar barcha xavfsizlik qoidalariga rioya qilinsa, bemorga OIV infeksiyasi yoki boshqa infeksiyani yuqtirish ehtimoli juda kam boʻladi.

Oldingi Keyingi