Jamoangiz uchun maqsadlar ishlab chiqish
Aniq maqsadlarni belgilash – muvaffaqiyatli liderlikka qo‘yilgan muhim qadam. Quyida jamoangiz uchun samarali maqsadlar ishlab chiqishga yordam beradigan bir necha maslahatlar keltirilgan:
Maqsadlarni shakllantiring.
Maqsadlaringiz aniq, xajmga ega, erishiladigan, dolzarb va vaqt bilan chegaralangan bo‘lishiga ishonch hosil qiling.
Maqsadlarni jamoa bilan muhokama qiling.
Barcha ishtirokchilarni jarayonga jalb qiling. Uchrashuv o‘tkazing va har bir a’zo o‘z g‘oyalari bilan bo‘lishishiga sharoit yarating. Bu jamoaviy ruhni mustahkamlab, barchaning fikrini inobatga olish imkonini beradi.
Maqsadlarni bosqichlarga bo‘ling.
Katta maqsadlarni kichik vazifalarga ajratib chiqing. Bu vazifalar xajmini kamroq ko‘rsatishga va oldinga harakat qilishga yordam beradi. Masalan, agar maqsad katta tadbir tashkil etish bo‘lsa, uni quyidagi bosqichlarga bo‘lish mumkin: ishtirokchilar ro‘yxatini tayyorlash, dastur ishlab chiqish, joyni tashkil etish va h.k.
Motivatsiyani qo‘llab-quvvatlang.
Maqsadlarning ahamiyatini muntazam eslatib turing va ularga erishish yo‘lidagi yutuqlarni nishonlang. Hatto kichik muvaffaqiyatlar ham jamoani ilhomlantirib, oldinga harakat qilishga rag‘batlantiradi.
Moslashuvchan bo‘ling.
Sharoit o‘zgarganda maqsadlarni moslashtirishga tayyor bo‘ling. Masalan, kutilmagan holatlar tufayli topshiriq muddatlari o‘zgarsa, yangi dedlaynlarni jamoa bilan muhokama qiling.
Yutuqlaringiz natijalarini yozib boring va kuzatib turing.
Yutuqlarni nazorat qilish uchun vizual taqdimot vositalaridan foydalaning. Masalan, stikerlar orqali jadval tuzish va ularni vazifaning bajarilish bosqichiga ko‘chirib borishni tashkil etish mumkin.
Ushbu maslahatlarga amal qilgan holda, jamoangiz uchun samarali maqsadlar ishlab chiqishingiz va birgalikda muvaffaqiyatga erishishingiz mumkin!
Average Rating: ☆ ☆ ☆ ☆ ☆ (0 reviews)