Lider-bola bilan qanday muloqot qilish kerak?
O‘smirlik davri (10-19 yosh) — bu bolalar uchun katta o‘zgarishlar va hissiy tajribalar davri. Bu davrni ko‘pincha "o‘tish davri" deb atashadi, chunki o‘smirlarni tushunish oson emas. Ammo bu voyaga yetishning tabiiy qismidir va “sen g‘alatimisan” kabi so‘zlar faqat vaziyatni murakkablashtirib, o‘smirning o‘zgarishlardan qo‘rqishini kuchaytiradi.
- Darhol jazolamang. Agar bola uyda yoki maktabda "boshqarishga" harakat qilsa, uni darhol jazolash kerak emas. Bu uning tajovuzkor bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Buning o‘rniga, bola bilan hurmat bilan munosabatda bo‘ling va uning g‘oya va harakatlariga qiziqish bildiring. Shunda u o‘zi murosa qilishga tayyor bo‘ladi.
- Ko‘proq muloqot qiling. O‘smir bilan ko‘proq gaplashib, uni o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashishga o‘rgating. Agar xato qilsa uni tanqid qilmang. Unga nima uchun va qanday qilib to‘g‘ri qilish kerakligini tushuntiring. Shunda u Sizga ishonadi va gapingizga kiradi.
- Asosiysi — bolani tushunish. Agar Siz unga ba’zida xato qilishi mumkinligini tushuntirsangiz va uni ayblamasangiz, balki yordam bermoqchi ekanligingizni ko‘rsatsangiz, uning liderligi oilaga foydali va yoqimli bo‘ladi.
Liderni tarbiyalash uchun bolani nazorat qilish shart emas. Muhimi, unga do‘st va murabbiy bo‘lish, muloqot qilish va qo‘llab-quvvatlashdir. Shunda farzandingiz kelajakda katta yutuqlarga erishib, Sizdan minnatdor bo‘ladi.
Average Rating: ☆ ☆ ☆ ☆ ☆ (0 reviews)