Qo‘rquvni yengish va o‘ziga ishonchni mustahkamlash
Qo‘rquv — bu tabiiy tuyg‘u bo‘lib, nafaqat liderlik qilishga harakat qilayotgan o‘smirlar, balki kattalar ham uni his qilishadi. Qo‘rquvni o‘sish bosqichi sifatida ishlatishni o‘rganish mumkin. Quyida bir nechta maslahatlar:
Qo‘rquvlaringizni tan oling.
Qo‘rquvlaringiz haqida ochiq gapiring. Masalan, agar Siz jamoat oldida nutq so‘zlashdan qo‘rqayotgan bo‘lsangiz, bu qo‘rquvni nima sababdan his qilayotganingizni o‘ylab ko‘ring: tayyorgarlik yetishmasligi yoki salbiy tajriba? Tan olish va tahlil qilish — uni yengishdagi birinchi qadamdir. Uni qanday tahlil qilish va aniq qanday yengish mumkin?
Kichik maqsadlarni qo‘ying.
Qo‘lingizdan keladigan vazifalardan boshlang. Masalan, katta tadbirni tashkil qilish o‘rniga, avval kichik bir vazifani o‘z zimmangizga oling. Bu Sizga ishonchni asta-sekin shakllantirishga yordam beradi. Juda katta va og‘ir maqsadlar qo‘yish esa ko‘pincha xafa bo‘lishga yoki ishga kirishmaslikka sabab bo‘lishi mumkin.
Ijobiy o‘z-o‘zini ruhlantirishni mashq qiling.
“Men bunga qodir emasman” kabi fikrlarni “Men buni amalga oshirganman, bu gal ham uddalayman” deb o‘zgartiring. Masalan, tanlovda yutqazib qo‘yishdan qo‘rqsangiz, avvalgi muvaffaqiyatlaringizni eslang. Ijobiy fikrlash harakatga undaydi, salbiy fikrlash esa qo‘rquvni kuchaytiradi.
Jamoa va yaqinlaringiz bilan aloqada bo‘ling.
Do‘stlar, tengdoshlar yoki murabbiylar bilan muloqot qilish qo‘llab-quvvatlash olishga yordam beradi. Masalan, agar qaroringizga shubha qilsangiz, uni jamoa, yaqinlaringiz yoki do‘stlaringiz bilan muhokama qiling. Maslahatlar va tajriba almashish stressni kamaytiradi va ishonchni mustahkamlaydi.
Ko‘nikmalarni rivojlantiring.
O‘zingizni ishonchli his qilishingizga yordam beradigan narsalarni o‘rganing. Masalan:
- Jamoat oldida nutq so‘zlash ko‘nikmasi taqdimotlar uchun foydali bo‘ladi;
- Vaqtni boshqarish — jamoani samarali boshqarish va maqsadlarni erishish uchun;
- Nizolarni hal qilish ko‘nikmasi jamoada munosabatlarni yaxshilashga yordam beradi;
- Treninglar va musobaqalarda ishtirok etish bu ko‘nikmalarni takomillashtirishga va malakangizni oshirishga yordam beradi.
Komfort zonasidan chiqing.
Yangi narsalarni asta-sekin o‘rganing. Masalan, omma oldida so‘zlashdan qo‘rqsangiz, avval kichik guruh oldida chiqish qiling, keyin kengroq auditoriyaga o‘ting. Bu Sizga noaniqlikni yengishni o‘rgatadi va ishonchingizni mustahkamlaydi.
Qo‘rquvni yengib va ishonchni rivojlantirib, Siz samarali va muvaffaqiyatli lider bo‘lishingiz mumkin. Eslatib o‘tamiz: qo‘rquv — bu normal holat. Asosiysi, uni chetlab o‘tmaslik, balki rivojlanish uchun imkoniyat sifatida qabul qilishdir. Ishonch tajriba orqali keladi, tajriba esa harakat va sa’y-harakatlar orqali yuzaga keladi!
Average Rating: ☆ ☆ ☆ ☆ ☆ (0 reviews)