Hech kim menga zarar yetkazishga haqli emas emas!
Hech qanday shaxs bolalarga nisbatan yomon muomalada boʻlishi yoki ularni xavf ostiga qoʻyishi mumkin emas.
Hech kim, hatto ota-onangiz ham sizga zarar yetkazish huquqiga ega emas. Har bir bola zoʻravonlikning barcha shakllaridan (jismoniy, psixologik va jinsiy), gʻamxoʻrlik koʻrsatmaslik yoki beparvolik bilan muomalada boʻlinishidan, qoʻpol muomala qilinishi, shuningdek, ekspluatatsiyadan himoya qilinishi kerak. (Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiya. 19-modda) [1]
Bolalar giyohvand moddalardan himoyalangan boʻlishi kerak. Ular narkotik moddalarni sotib olmaydilar, sotmaydilar va ishlab chiqara olmaydilar. (Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiya. 33-modda) [1]
Bolalar jinsiy ekspluatatsiya va zoʻravonlikning barcha shakllaridan, jumladan, bolalar nikohidan qonun tomonidan himoyalangan. (Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiya. 34-modda) [1]
Bolalar oʻzlarining farovonligiga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan barcha boshqa ekspluatatsiya (foydalanish) shakllaridan qonun tomonidan himoyalangan. (Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiya. 36-modda) [1]
Hech kim bolani sotish yoki daromad olish uchun oʻgʻirlashga haqli emas. (Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiya. 35-modda) [1]
Bolalarni mamlakatdan noqonuniy olib chiqish, masalan, kimdir tomonidan oʻgʻirlanishi yoki ota yoki onaning roziligisiz ulardan biri bolani chet elga koʻchirishi yoki chet elda ushlab turishi taqiqlanadi. Hukumat bolaning qaysi mamlakatda boʻlishidan qat’iy nazar, uni ozod qilish uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshirishi kerak. (Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiya. 11-modda ) [1]
[1] https://www.un.org/ru/documents/decl_conv/conventions/childcon.shtml