soglom.jpg

Men sogʻlom boʻlish huquqiga egaman!

Bolalar yaxshi sharoitda oʻsishi lozim.

Har bir bola yashash huquqiga ega. Hukumat bolalarning omon yashashi va sogʻlom rivojlanishini imkon qadar yuqori darajada ta’minlashi kerak. (Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiya. 6-modda). [1]

Har bir bola tibbiy xizmatdan foydalanish, toza ichimlik suvidan foydalanish, sogʻlom oziq-ovqat iste’mol qilish va xavfsiz, ozoda muhitda yashash huquqiga ega.

Davlat bolalar oʻlimi va kasalliklar sonini kamaytirishga, ochlik bilan kurash olib borishga ma’sul, shuningdek, har bir bolaning sog’-salomat bo’lishiga intilishi kerak.

Homilador ayollar va yosh onalar tibbiy yordam olish huquqiga ega. (Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiya. 24-modda.) [1]

Bolalar jismoniy, aqliy, ma’naviy, axloqiy va ijtimoiy rivojlanishlari uchun zarur boʻlgan turmush darajasida yashash huquqiga ega. Ota-ona yoki bolani tarbiyalayotgan boshqa shaxslar oʻz qobiliyatlari va moliyaviy imkoniyatlari doirasida bolaning rivojlanishi uchun sharoit yaratishlari kerak. Agar ota-onalar yoki bolalarning vasiylari oziq-ovqat, kiyim-kechak yoki uy-joy bilan ta’minlashga qiynalsalar, davlat ularga yordam berishi kerak. (Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiya. 27-modda.) [1]

Hukumat kam ta’minlangan oilalar farzandlariga moddiy yoki boshqa yordam koʻrsatishi kerak. (Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiya. 26-modda.) [1]

Bolalarga qonunga muvofiq bepul tibbiy yordam koʻrsatishilishi lozim.

14 yoshdan katta boʻlgan bola tibbiy aralashuvga ixtiyoriy ravishda rozilik berish yoki uni rad etish huquqiga ega.

Bolaning hayoti, sogʻligʻi va normal rivojlanishiga zarar yetkazadigan har qanday ilmiy tajriba yoki boshqa eksperimentlar oʻtkazish taqiqlanadi. (Bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida. 22-modda. Bolaning sogʻligʻini saqlash huquqi kafolatlari.) [2]

[1] https://www.un.org/ru/documents/decl_conv/conventions/childcon.shtml

[2] https://lex.uz/acts/-1297315

Oldingi Keyingi