Ota-onam menga gʻamxoʻrlik qila olmasa nima boʻladi?
Bolalarga nisbatan qilinayotgan barcha harakatlar ularning manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan boʻlishi kerak.
Hukumat bolalarni ota-onalari yoki vasiylari tomonidan himoya qilinishi va ularga gʻamxoʻrlik koʻrsatilishini ta’minlashi shart. Shuningdek, bolalarga gʻamxoʻrlik qilish uchun mas’ul boʻlgan shaxs va muassasalar oʻz ishlarini yaxshi bajarishlarini ta’minlashi kerak. (Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiya. 3-modda.) [1]
Oilasi gʻamxoʻrligidan mahrum boʻlgan bolalar davlatdan himoya va yordam olish huquqiga ega. Bola yangi oilaga yoki bolalar muassasasiga joylashtirilishi mumkin va u yerda uning diniga, madaniyatiga va tiliga hurmat koʻrsatilishi lozim. (Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiya. 20-modda.) [1]
Agar bola oʻz ota-onasi bilan har ikkala ota-onaning oʻlimi, ularning jiddiy kasalligi, yomon yashash sharoitlari yoki vasiylarning yoʻqligi sababli ortiq yashay olmasa va uning endilikda yangi ota-onasi boʻlsa, bu “asrab olish” deb ataladi.
Agar asrab olish natijasida bolaning hayoti va turmush sharoiti yaxshilanadigan boʻlsa, bola qonun doirasida asrab olinishi mumkin. Bola asrab olish faqat ota-onalarning, qonuniy vakillarning va boshqa barcha manfaatdor shaxslarning ongli roziligi bilan amalga oshiriladi. Ushbu shaxslar farzand asrab olishdan foyda olishi mumkin emas (masalan, pul olish orqali). (Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiya. 21-modda.) [1]
Bola oilasi bilan yashamaydigan hollarda (masalan, vaziyatga qarab, shifoxonada, asrab olingan oilada yoki bolalar muassasasida boʻlsa), uning ahvoli va yashash joyi hali ham bolaning manfaatlariga javob berayotganini aniqlash uchun, bolaning ahvolini va yashash sharoitlarini muntazam ravishda tekshirilib turishi kerak. (Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiya. 25-modda) [1]
Ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolaga gʻamxoʻrlik qilishning huquqi birinchi oʻrinda bu vazifani bajarishga qodir boʻlgan qarindoshlariga beriladi. Bolani oilaga joylashtirishning imkoniyati boʻlmagan taqdirda, oxirgi chora sifatida uni ixtisoslashtirilgan muassasalarga joylashtiriladi. (Bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida. 24-modda. Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning oila muhitiga boʻlgan huquqi kafolatlari). [2]
[1] https://www.un.org/ru/documents/decl_conv/conventions/childcon.shtml