Ota-onam menga gʻamxoʻrlik qiladilar!
Ota-onangizning sizning oldingizda mas’uliyatlari bor: g’amxo’rlik qilish, tarbiyalash, yaxshi shaxs bo’lib yetishishga yordam berish.
Bolalar oʻz ota-onasidan ularning hoxishlariga zid ravishda ayrilib qolmasligi kerak. Ota-ona bolaga nisbatan shafqatsiz muomalada boʻlgan yoki unga gʻamxoʻrlik qilmagan holatlar bundan mustasnodir. Ota-onasi alohida yashaydigan bolalar har ikkala ota-ona bilan toʻgʻridan-toʻgʻri aloqada boʻlish huquqiga ega. Ammo bundan bolaning manfaatlari zarar koʻrmasligi lozim. (Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiya. 9-modda). [1]
Siz shaxsiy hayotga haqlisiz. Qonun shaxsiy va oilaviy hayotni, uyni, muloqotni va obroʻni (yoki yaxshi nomini) har qanday tajovuzdan himoya qiladi. (Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiya. 16-modda) [1]
Sizning huquqlaringizni amalga oshirilishi uchun birinchi navbatda ota-onangiz va oilangiz mas’uldirlar. Davlat ota-onalarning huquq va majburiyatlarini hurmat qilishi kerak. (Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiya. 5-modda) [1]
Har ikkala ota-ona ham bolani tarbiyalanishi va rivojlanishi uchun mas’uldir. Ularning barcha harakatlari bolaning manfaatlariga foyda boʻlishidan kelib chiqishi lozim. Agar ota-onalar bolaga gʻamxoʻrlik qila olmasalar, ushbu funksiyalarni bajarish uchun boshqa shaxs tayinlanadi. Davlat ota-onalarga va qonuniy vasiylarga bolalarni tarbiyalash uchun oʻz vazifalarini bajarishda yordam berishi va bolalar muassasalari tarmogʻini rivojlantirishni ta’minlashi kerak. (Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiya. 18-modda) [1]
[1] https://www.un.org/ru/documents/decl_conv/conventions/childcon.shtml