qonun.jpg

Qonun doim siz tomonda

Biz inson huquqlari va qonun ustuvor bo‘lgan demokratik jamiyatda yashaymiz. O‘zbekistonda Konstitutsiya va qonunlarining ustunligi so‘zsiz tan olinadi. Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko‘radi.

Tug‘ilgan paytingizdan boshlab, barcha huquqlaringiz qonun bilan himoyangan.

Mamlakat bosh qonuni – Konstitutsiyada yashash, o‘qish, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy tenglik, so‘z erkinligi, vijdon erkinligi kabi huquqlar kafolatlangan. Masalan, siz bepul umumiy o‘rta ta’lim olish, ya’ni maktabda o‘qish huquqiga egasiz.

Bizning yurtimizda barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida har kim erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega. Hech kim qonunga asoslanmagan holda hibsga olinishi yoki qamoqda saqlanishi mumkin emas.

Har kim o‘zi muallif bo‘lgan ilmiy, adabiy yoki badiiy asarlari bilan bog‘liq yuzaga keladigan barcha masalalardan himoyalanish huquqiga ega.

Har bir inson malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega.

Har kim fikrlash, so‘z va e’tiqod erkinligi huquqiga ega. Har kim o‘zi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqiga ega.

Har kim bolag‘atga yetgach (18 yosh) saylash va saylanish huquqiga ega.

Voyaga yetmaganlar, mehnatga layoqatsizlar va yolg‘iz keksalarning huquqlari davlat himoyasidadir.

Davlat fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini ta’minlaydi.

Oldingi Keyingi