права.jpg

Siz oʻz fikringizni aytish huquqiga egasiz

Siz istagan narsalaringiz haqida oʻylashingiz va oʻz fikrlaringizni bildirishingiz mumkin.

Siz hayotingizga taaluqli boʻlgan barcha masalalar boʻyicha oʻz fikrlaringizni bildirish huquqiga egasiz. Sizning qarashlaringiz yoshingiz va yetukligingizga muvofiq hurmat va e’tiborga olinishi kerak. Sizga tegishli muhim qaror qabul qilinishidan oldin, sizdan ushbu masala boʻyicha oʻz fikringizni bildirish imkoniyati berilishi kerak. (Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiya. 12-modda) [1]

Siz oʻz fikringizni erkin ifoda etish huquqiga egasiz. Bu har qanday turdagi axborot va fikrni izlash, olish va uzatish huquqiga ega deganidir. Siz oʻz fikringizni ogʻzaki, san’at asarlari yoki chizmalar shaklida ifodalashingiz mumkin, bunda siz qonun va boshqalarning huquqlarini hurmat qilishingiz kerak. (Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiya. 13-modda) [1]

Siz erkin fikrlash, vijdon va din erkinligi huquqiga egasiz. Sizning diningiz yoki imoningizni e’tirof etish erkinligi faqat qonun bilan belgilangan holatlarda cheklanishi mumkin — masalan, bunday erkinlik jamoat xavfsizligi tartibiga tahdid solsa. (Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiya. 14-modda) [1]

Agar qonunga zid boʻlmasa va boshqa odamlarga zarar yetmasa, siz boshqa odamlar bilan muloqot qilish, uyushmalar yoki guruhlarni tuzish va ularning tarkibiga kirish huquqiga egasiz. (Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiya. 15-modda) [1]

[1] https://www.un.org/ru/documents/decl_conv/conventions/childcon.shtml

Keyingi