dam olish.jpg

Siz ta’lim va dam olish huquqiga egasiz

Bolalar dam olish, oʻz yoshiga mos oʻyinlar va koʻngilochar tadbirlarda ishtirok etish, madaniy hayotda erkin ishtirok etish va san’at bilan shugʻullanish huquqiga ega. (Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiya. 31-modda.) [1]

Davlat bolalarning sogʻligʻi uchun xavf tugʻdiradigan, ularning ta’lim olishi va rivojlanishiga toʻsqinlik qiladigan ishni bajarishlaridan himoya qiladi. Agar bola ishlayotgan boʻlsa, u xavfsiz sharoitga va adolatli ish haqi olish huquqiga ega. (Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiya. 32-modda.) [1]

Har bir bola oʻzining yoshi, sogʻligʻining holati va kasbiy tayyorgarligiga koʻra mehnat qilish, oʻz faoliyat turi va kasbini erkin tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash huquqiga ega.

[1] https://www.un.org/ru/documents/decl_conv/conventions/childcon.shtml

Oldingi Keyingi